Łukasz Teodorczyk
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Łukasz Teodorczyk[1] | ||
Tavallud sanasi | 3-iyun 1991-yil[1] | ||
Tavallud joyi | Żuromin, Polsha | ||
Boʻyi | 1.85 m[1] | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2004—2005 | Agrykola Warsaw | ||
2005—2006 | Polonia Warsaw | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2010—2013 | Polonia Warsaw | 30 | (10) |
2013—2014 | Lech Poznań | 50 | (24) |
2014—2017 | Dynamo Kyiv | 24 | (10) |
2016—2017 | → Anderlecht (ijara) | 28 | (20) |
2017—2018 | Anderlecht | 43 | (17) |
2018—2021 | Udinese | 30 | (1) |
2020—2021 | → Charleroi (ijara) | 15 | (0) |
2022 | Vicenza | 14 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
2010 | Polsha U20 | 3 | (2) |
2011—2012 | Polsha U21 | 6 | (2) |
2013—2018 | Polsha | 19 | (4) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Łukasz Teodorczyk (talaffuzi: Lukash Teodorchik; 1991-yil 3-iyunda tugʻilgan) — polshalik sobiq professional futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan.
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilk faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2010-yil yanvar oyida Varshavaning Polonia jamoasiga qoʻshilgan[2]. 2010-yil 29-oktyabrda Ekstraklasada debyut qildi. 2010—2011-yilgi mavsumda Poloniada oltita oʻyinda maydonga tushdi. Młoda Ekstraklasa yoshlar ligasida 21 oʻyinda ishtirok etib, 15 gol urdi.
Lech Poznań
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yil avgust oyida Lech Poznańga qoʻshildi.
Dynamo Kyiv
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yilning 27-avgustida Teodorczyk Ukrainaning Dynamo Kiyev klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi, transfer uchun 4 million yevro to‘landi. 2014-yilning 30-avgustida FC Chornomorets Odesa jamoasiga qarshi kechgan bahsda 85-daqiqada zaxiradan maydonga tushib debyuti qildi. 2014-yilning 13-sentabrida „Dynamo“ safidagi ilk golini Zorya Lugansk ga qarshi o‘yinda (2:2) kiritdi. Ligada 13 ta oʻyinda 5 ta gol urdi. Olimpik Donetskga qarshi yarim final uchrashuvida jarohat olib, kubok finalini oʻtkazib yubordi. Jarohat tufayli 2 oy maydonga tusha olmadi.
2015-yil 24-noyabr kuni Teodorczyk UEFA Chempionlar Ligasidagi debyutini guruh bosqichining 5-turida Portugaliyaning Porto klubiga qarshi oʻyinning 87-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan holda debyut qildi. 2015—2016-yilgi mavsum Ligasida 11 ta oʻyinda 5 ta gol urgan[3]
Anderlecht (ijara)
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yilning 4-avgustida Teodorczyk Belgiyaning RSC Anderlecht klubiga mavsumiy ijaraga berildi[3]. 2016-yilning 7-avgustida „Anderlecht“ safida K. V. Kortrijkga qarshi o‘yinda klubdagi ilk golini urgan (5:0)[4].
Anderlecht
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yilning 30-martida Teodorczyk Anderlecht bilan 2020-yilgacha moʻljallangan shartnoma imzoladi. „Anderlecht“ Kiyevning „Dynamo“ klubiga 4,5 million yevro toʻlagan[5]. 22 gol bilan Belgiya birinchi divizioni A 2016—2017-yilgi mavsumining eng yaxshi toʻpurari boʻldi.
Udinese
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yilning 17-avgustida Teodorczyk Udinese bilan shartnoma imzoladi. 2021-yil 29-dekabrda, 2021—2022-yilgi mavsumda umuman maydonga tushmaganidan soʻng, shartnomasi oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qilindi[6].
Charleroiga ijara
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yil 5-oktabrda Belgiyaning Charleroi klubiga ijara asosida o‘tdi[7].
Vicenza
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yilning 4-yanvarida Italiya B seriyasining Vicenza klubi bilan 2021—2022-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun shartnoma imzoladi (uzaytirish imkoniyati bilan)[8]. Mavsum yakunlangach jamoani tark etdi.
Isteʼfo
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yil 19-noyabr kuni Teodorczyk Instagram’da futboldan ketganini eʼlon qildi[9].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Polshaning 20 yoshgacha boʻlgan futbol jamoasida 3 ta oʻyinda oʻynagan[10]. Polshaning U21 terma jamoasi bilan Yevropa chempionatiga saralash bosqichidagi birinchi oʻyinida ikkita gol urdi. 2013-yilning 2-fevralida Ruminiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (4:1) dubl qayd etib, milliy terma jamoadagi ilk gollarini kiritdi.
2018-yilning may oyida Polshaning 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati uchun dastlabki 35 kishilik tarkibiga kiritildi[11].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Yevropa | Other | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Polonia Warsaw | 2010—2011 | Ekstraklasa | 6 | 0 | 1 | 1 | — | — | 7 | 1 | ||
2011—2012 | Ekstraklasa | 11 | 4 | 0 | 0 | — | — | 11 | 4 | |||
2012—2013 | Ekstraklasa | 13 | 6 | 1 | 0 | — | — | 14 | 6 | |||
Jami | 30 | 10 | 2 | 1 | — | — | 32 | 11 | ||||
Lech Poznań | 2012—2013 | Ekstraklasa | 14 | 1 | — | — | — | 14 | 1 | |||
2013—2014 | Ekstraklasa | 32 | 20 | 2 | 1 | 4 | 3 | — | 38 | 24 | ||
2014—2015 | Ekstraklasa | 4 | 3 | 0 | 0 | 2 | 0 | — | 6 | 3 | ||
Jami | 50 | 24 | 2 | 1 | 6 | 3 | — | 58 | 28 | |||
Dynamo Kyiv | 2014—2015 | Ukraina Premyer-ligasi | 13 | 5 | 5 | 2 | 6 | 3 | — | 24 | 10 | |
2015—2016 | Ukraina Premyer-ligasi | 11 | 5 | 3 | 1 | 4 | 0 | — | 18 | 6 | ||
Jami | 24 | 10 | 8 | 3 | 10 | 3 | — | 42 | 16 | |||
Anderlecht | 2016—2017 | Belgiya birinchi divizioni A | 38 | 22 | 2 | 1 | 13 | 7 | — | 53 | 30 | |
2017—2018 | Belgiya birinchi divizioni A | 33 | 15 | 0 | 0 | 6 | 0 | 1 | 0 | 40 | 15 | |
Jami | 71 | 37 | 2 | 1 | 19 | 7 | 1 | 0 | 93 | 45 | ||
Udinese | 2018—2019 | Serie A | 16 | 1 | 0 | 0 | — | — | 16 | 1 | ||
2019—2020 | Serie A | 14 | 0 | 2 | 0 | — | — | 16 | 0 | |||
Jami | 30 | 1 | 2 | 0 | — | — | 32 | 1 | ||||
Charleroi (ijara) | 2020—2021 | Belgiya birinchi divizioni A | 15 | 0 | 2 | 1 | — | — | 17 | 1 | ||
Vicenza | 2021—2022 | Serie B | 14 | 1 | — | — | 0 | 0 | 14 | 1 | ||
Jami faoliyati | 234 | 83 | 18 | 7 | 35 | 13 | 1 | 0 | 288 | 103 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 28-iyun, 2018-yil holatiga koʻra[12].
Polsha | ||
---|---|---|
Yil | Ishtirok | Gollar |
2013-yil | 4 | 3 |
2014-yil | 3 | 0 |
2016-yil | 4 | 1 |
2017-yil | 3 | 0 |
2018 | 5 | 0 |
Jami | 19 | 4 |
Xalqaro Gollar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ballar va natijalar birinchi boʻlib Lukashning gollari roʻyxatini koʻrsatadi.
# | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 2013-yil 2-fevral | Estadio Ciudad, Malaga, Ispaniya | Ruminiya | 2—0
|
4—1 | Oʻrtoqlik (FIFA tomonidan tan olinmagan) |
2. | 3—0
| |||||
3. | 2013-yil 26-mart | Milliy stadion, Varshava, Polsha | San Marino | 4—0
|
5—0
|
JCH-2014 saralashi |
4. | 2016-yil 14-noyabr | Stadion Miejski, Vrotslav, Polsha | Sloveniya | 1—1
|
1—1
|
Doʻstona |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Lech Poznań
- Ekstraklasa: 2014—2015
- Dynamo Kyiv
- Ukraina Premyer-ligasi: 2014—2015, 2015—2016
- Ukraina kubogi: 2014—2015
- Ukraina Superkubogi: 2016-yil
- Anderlecht
- Belgiya birinchi divizioni A: 2016—2017[14]
- Belgiya Superkubogi: 2017-yil
- Individual
- Belgiya birinchi divizioni eng yaxshi toʻpurar: 2016—2017[15]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „FIFA World Cup Russia 2018: List of players: Polsha“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Łukasz Teodorczyk: Polonia była najkonkretniejsza“ (Polish). ksppolonia.pl (2010-yil 7-yanvar).
- ↑ 3,0 3,1 „Lukasz Teodorczyk moet Anderlecht-aanval versterken“ (Dutch). Sporza (2016-yil 4-avgust). Qaraldi: 2016-yil 12-avgust.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Anderlecht vs. Kortrijk 5 - 1, qaraldi: 1 December 2016
- ↑ Minnebo, Olivier. „Anderlecht licht optie op Teodorczyk, die tekent tot 2020“ (Dutch). Het Laatste Nieuws (2017-yil 30-mart). Qaraldi: 2017-yil 30-mart.
- ↑ „Nota ufficiale: Teodorczyk“. Udinese (2021-yil 29-dekabr).
- ↑ „BIENVENUE, LUKASZ !“ (fr). Charleroi (2020-yil 5-oktyabr).
- ↑ „Ufficiale: Lukasz Teodorczyk in biancorosso!“ (it). Vicenza (2022-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 4-yanvar.
- ↑ „Łukasz Teodorczyk zakończył karierę“ (pl). Weszlo.com (2022-yil 19-noyabr).
- ↑ „U-20: Dwa gole Łukasza Teodorczyka“ (Polish). ksppolonia.pl (2010-yil 17-noyabr).
- ↑ „Revealed: Every World Cup 2018 squad - Final 23-man lists“. Goal.com. Qaraldi: 2021-yil 15-dekabr.
- ↑ 12,0 12,1 Andoza:90minut
- ↑ Łukasz Teodorczyk Soccerway saytida
- ↑ Casert, Raf. „Anderlecht wins record 34th Liga title“. The Tribune (2017-yil 18-may). Qaraldi: 2017-yil 18-may.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Onyekuru scored 20 Liga goals in Belgium, eye top scorer award | National Daily Newspaper“ (2017-yil 19-may).[sayt ishlamaydi]