Kontent qismiga oʻtish

Émil Fourco

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Émil Fourco
Tavalludi 1-iyun 1862-yil
Saint-Josse-ten-Node, Bryussel
Vafoti 11-oktabr 1919-yil
Lodelinsart, Charleroi, Belgiya
Fuqaroligi Belgiya
Kasbi muhandis
Faoliyat yillari 1898-yil diplomni olgach 1901-yil 26-oktabrda patent oldi. 1903-yil zavodda ishlay boshladi. Birinchi jahon urushi boshlangach zavodlari muzlatib qo'yildi.

Émil Fourco (fransuzcha: Emile Foucault, 1862-yil 1-iyun Saint-Josse-ten-Node (Bryussel) 1919-yil 11-oktabr, Lodelinsart(Sharlerua)) - Belgiyalik muhandis, (tekis yuzali) oynani ishlab chiqarish usulini ixtiro qilgan[1]. Vertikal tortib chiqarish yoki Fourco usulini yaratgan. Oyna ishlab chiqarishning yana boshqa usullari ham keyinchalik yaratilgan ammo vertikal tortib chiqarish usuli birinchi boʼlib yaratilgani uchun ham mashxurdir. Bu usul biroz murkkabroq usul boʼlib, xom-ashyo mazkur holatda vannali regeneratorli uzluksiz tarzda ishlaydigan pechlarda eritiladi. Shishani erish harorati 1500-1580 °C dir. Shisha tayyor boʼlgach sovutish tizimiga beriladi.

Deraza (tekis yuzali) oynasini ishlab chiqarish uchun Furko mashinasining sxemasi

Emil Fourco1862-yil 1-iyunda Bryusselning Saint-Josse-ten-Node shaharchasida tug'ilgan. Uning oilasi badavlat graflar sinfiga mansub edi. Fourconing oilasi Sharlerua shisha sanoatida muhim rol o'ynagan. 19-asrda Sharlerua viloyati Belgiya shisha sanoatining eng muhim markazi edi. Deraza oynalarini ishlab chiqarish Belgiya sanoatining muhim tarmoqlaridan biri edi. 19-asrning oxiriga kelib, Belgiya ushbu mahsulotni ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda birinchi o'rinni egalladi, mahsulotning 95% eksport qilindi.

Fourco Fransiyaning Metse shahridagi o'rta maktabda (litseyda) va Lyejdagi Oliy konlar maktabida (keyinchalik Lyej universitetining bir qismi hisoblangan) tahsil oldi, u yerdan 1885-yilda muhandislik diplomini oldi. Diplomni qo'lga kiritib, Fourco oilasiga tegishli boʻlgan Sharleruadagi shisha zavodida ishlay boshladi. O'sha vaqtga kelib, deraza oynalarini ishlab chiqarish asosan "qo'l san'ati" ("silindr usuli" yoki "vertikal tortib chiqarish usuli") bo'lib qoldi: tekis yuzali oynani olish uchun shisha puflab tortgich yordamida shisha tepaga vertikal ravishda tortiladi so'ngra kesiladi va to'g'irlanadi.. 19-asrning oxiridan boshlab boshqa mamlakatlarda (birinchi navbatda AQShda) deraza oynasini mexanik ishlab chiqarish usullari izlanayotganiga qaramay,Belgiyashisha sanoati boshqacha ishlab chiqarish usuli bilan ajralib turardi. Bu, asosan, uyushmadagi katta e'tiborga tushgan shisha ishlab chiqaruvchilarning ishi bilan bog'liq edi.

19-asrning oxirida Belgiyadagi shisha zavodlari shisha massasini uzluksiz ishlab chiqarish uchun katta shisha erituvchi hovuz pechlarini joriy qila boshladilar (bundan oldin shisha katta qozonlarda eritilgan). Belgiyada bunday pechlarni qurishda ishtirok etgan muhandislardan biri fransuz Emil Gobbe edi. Aynan u Fourcoga rasm chizish orqali tekis yuzali oynalarni ishlab chiqarish g'oyasini bergan. Fourco usulining printsipi quyidagicha edi: uzun tirqishli hovuzdan "suzuvchi" (fransuzcha: débiteuse), -- deb ham nomlangan suyuq massa chiqadi uning qalinligi yupqa bo'ladi. Tirqishdan "oqib chiqayotgan" oyna roliklar tizimi orqali yana vertikal ravishda tortildi. bu ishdan maqsad, uning qiyinlik darajasini kamaytirib, sifatli tekis yuzali oyna olish edi: bir xil qalinlik, yuzasida hech qanday izlar va notekisliklar bo'lmagan va boshqalar.

Fourco o'z tizimi uchun birinchi patentni 1901-yil 26-oktabrda[2] oldi. Birinchi mashina 1903-yilda Fourco zavodida ishlay boshladi. Biroq, Fourco mashinalarining ishlashiga o'z ishini yo'qotishdan qo'rqqan, uyushmadagi bir qator shisha ustalarining qarshiligi to'sqinlik qildi. 1911-yilda Fourco vertikal tortish usulidan foydalangan holda deraza oynalarini ishlab chiqarish uchun yirik zavod qurish rejalarini e'lon qildi. Avstriya va Germaniya sanoat guruhlari loyihaga qiziqish bildirishdi. Loyihani amalga oshirish uchun 1914-yil 1-martda "Dampremi shisha zavodi" aktsiyadorlik jamiyati tashkil etildi (fransuzcha: Société Anonyme des Verreries de Dampremy, Dampremi - zavod bo'lishi kerak boʻlgan Sharleruaning chekkasi). Birinchi jahon urushi boshlanganidan keyin loyiha muzlatib qo'yildi, ammo 1915-yilda (ya'ni Belgiyani bosib olish paytida) Fourco avstriyalik hamkorlar ishtirokida loyihani qayta tikladi.

Urushdan keyin Fourconi bosqinchilar bilan hamkorlikda ayblashdi. Garchi u hamkorlik qilganlikda ayblardan, jinoiy ta'qiblardan qochishga muvaffaq boʻlgan bo'lsa-da, u Belgiya biznes hamjamiyatidagi hamkasblari tomonidan norasmiy ravishda chetlashtirildi. Emile Fourco 1919-yil 11-oktabrda Lodelinsartda (o'sha paytda mustaqil shahar edi, hozir Sharleruaning bir qismi boʻlgan) nohaqliklardan keyin hafsalasi pir boʻlgan odam sifatida vafot etdi.

Birinchi jahon urushidan keyin Fourco usuli tezda shisha ishlab chiqarishning "qo'l san'ati" usulini ("silindr usuli")ga almashtirdi. Fourco usuli Amerika Qoʻshma Shtatlarida ishlab chiqilgan muqobil Libby-Owens usuli (Pitsburg usuli sifatida ham tanilgan) bilan bir vaqtda tarqaldi. Libby-Owens usulining asosiy farqi shisha chizishning vertikal yo'nalishi emas, balki gorizontal yo'nalishda edi.

Fourco va Libby-Owens usullari Ikkinchi jahon urushigacha parallel ravishda ishlatilgan, zavodlarda ishlab chiqarishning bir qismi Fourco usulini, ba'zilari Libby-Owens usulini qo'llagan. Ikkinchi jahon urushidan keyin ikkala usul ham float usuli bilan almashtirildi.

  1. „Фурко, Эмиль“ (15-марта 2020-yil). Qaraldi: 18-iyul 2022-yil.
  2. „Технология производства стекла“. Qaraldi: 18-iyul 2022-yil.