Ásgeir Ásgeirsson
Ausgeyr Ausgeyrsson | |
---|---|
isl. Ásgeir Ásgeirsson | |
Islandiya respublikasining 2-prezidenti | |
Mansab davri 1952-yil 1-avgust – 1968-yil 31-iyul | |
Hukumat boshligʻi |
Hermann Jónasson Emil Jónsson Ólafur Thors Bjarni Benediktsson Ólafur Thors Bjarni Benediktsson |
Oʻtmishdoshi | Sveinn Björnsson |
Vorisi | Kristján Eldjárn |
Islandiyaning 6-bosh vaziri | |
Mansab davri 1932-yil 3-iyun – 1934-yil 28-iyul | |
Hukmdor | Kristján X |
Oʻtmishdoshi | Tryggvi Þórhallsson |
Vorisi | Hermann Jónasson |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
13-may 1894-yil Kóranesi á Mýrum, Islandiya |
Vafoti |
15-sentyabr 1972-yil (78 yoshda) Reykyavik, Islandiya |
Siyosiy partiyasi |
Framsóknarflokkurinn partiyasi Sotsial-demokratik partiya |
Turmush oʻrtogʻi | Dóra Þórhallsdóttir |
Kasbi | Teolog, oʻqituvchi, siyosatchi |
Maʼlumoti | Islandiya universiteti |
Mukofotlari | | |
Ásgeir Ásgeirsson (talaffuzi: Ausgeyr Ausgeyrsson) 1894-yil 13-may, Kóranesi á Mýrum, Islandiya – 1972-yil 15-sentyabr, Reykyavik) – islandiyalik siyosatchisi, 1932—1934 yillarda Islandiya respublikasi bosh vaziri, 1952—1968 yillarda Islandiya respublikasining ikkinchi prezidenti[1][2].
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ásgeirsson 1894-yil 13-mayda tavallud topgan. 1915-yilda Ásgeirsson Reykyavikdagi Háskóli Íslands (tarjimasi „Islandiya universiteti“) ning ilohiyot fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatgan, ammo cherkov ruhoniysi (pastor) lavozimiga yosh boʻlgani uchun olinmagan. 1917-yilda Ásgeirsson Islandiyaning 6-yepiskopi Þórhallur Bjarnarson (talaffuzi: Tourxadlyur Byadnarson)ning qizi, 1927—1932-yillarda Islandiya davlati bosh vaziri boʻlgan Tryggvi Þórhallsson (talaffuzi: Triggvi Tourxalsson) ning singlisi Dóra Þórhallsdóttir (talaffuzi: Dora Tourxalsdouttir) ga uylanadi.
Siyosiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ásgeirsson 1923—1952 yillarda „Framsóknarflokkurinn“ (tarjimasi „Taraqqiyot“) partiyasidan Alþingi (talaffuzi: Alting – Islandiya parlamenti) ga deputati, 1932—1933-yillarda partiya raisi boʻlgan. Ásgeirsson 1930-yilda Alting tashkil topganining 1000 yilligi munosabati bilan Þingvellir (talaffuzi: Tingvellir) hududida Alting spikeri sifatida ishtirok etgan[3], 1931-yilda Islandiya moliya vaziri[4], 1932-yili mamlakat bosh vaziri boʻladi. Ásgeirsson 1934-yilda „Taraqqiyot“ partiyasini tark etib, sotsial-demokratik partiyaga qoʻshiladi, parlamentda faoliyatini davom ettiradi. 1938-yildan prezident etib saylangunga qadar Ásgeirsson Islandiyadagi Útvegsbanki Íslands banki direktori boʻlgan (bank keyinchalik boshqa uchta banklar bilan birlashib, Íslandsbanki (soʻngra Glitnir) nomini olgan.
Siyosatchi 1931—1934-yillarda Moliya vaziri, 1932—1934 yillarda sotsial-demokratik va „Taraqqiyot“ partiyalarining koalitsion hukumati bosh vaziri boʻlib ishlagan[1][5]. 1952-yilda Ásgeirsson prezidentlikka saylanashi sababli sotsial-demokratik partiyani tark etadi. 1952-yil 25-yanvarda Islandiyaning birinchi prezidenti Sveinn Björnsson (talaffuzi: Sveydn Byornsson) vafotidan soʻng, Ásgeirsson 1952-yil 1-avgustdan prezidentlik faoliyatini boshlaydi. Saylovda siyosatchining asosiy raqibi, Reykyavik sobori yepiskopi Bjarni Jónsson (talaffuzi: Byarni Yonsson) ni Islandiyaning hukmron partiyalari, „Mustaqillik“ va „Taraqqiyot“ partiyalarning qoʻllab-quvvatlaydilar. Shunga qaramasdan, Ásgeirsson 46,7 foiz, Yonsson 44,1 foiz ovoz oladi. Uchinchi nomzod, „Mustaqillik“ partiyasidan boʻlgan sobiq deputat Gísli Sveinsson (talaffuzi: Gisli Sveynsson 6 foiz ovoz olgan. Ásgeirsson Daniyaga rasmiy tashrif bilan kelgan birinchi Islandiya prezidenti boʻlgan[6]. Prezident sifatida Norvegiya, Kanada, Amerika Qoʻshma Shtatlari va Isroilga ham tashrif buyurgan[6]. Siyosatchi 1956, 1960 va 1964-yillarda qayta prezidentlikka saylangan, uch marta ham boshqa nomzod yoʻqligi sababli avtomatik ravishda prezident boʻlgan. Ásgeirssonning toʻrtinchi muddati boshlanganidan koʻp vaqt oʻtmasdan, rafiqasi leykoz (oq qon) kasalligidan vafot etadi. Shundan soʻng siyosatchi 1968-yilda beshinchi muddatga nomzodini qoʻymaslikka qaror qiladi, prezidentlikka nomzod sifatida koʻrsatilgan kuyovi Gunnar Thoroddsen (talaffuzi: Gunnar Toroddsen) ni qoʻllab-quvvatlaydi, ammo kuyovi saylovda kutilmaganda Kristján Eldjárn[7] (talaffuzi: Kristyan Eldyaudn) ga yutqazadi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ásgeirsson 1955-yilda „Sonderstufe des Großkreuzes des Verdienstordens der Bundesrepublik Deutschland“ (tarjimasi „Germaniya Federativ Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun“) ordenining maxsus toifadagi katta xochi bilan taqdirlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Ásgeirsson, Ásgeir“ (xorvat tilida). Proleksis enciklopedija, Opća i nacionalna enciklopedija (2014-yil 17-iyun). 2022-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-oktyabr.
- ↑ Brozović D., Ladan T. „Ásgeirsson, Ásgeir“ (xorvat tilida). Hrvatska enciklopedija. LZMK (1999). 2022-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-oktyabr.
- ↑ „Þingmenn“. Alþingi. 2022-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-oktyabr.
- ↑ „Fyrri ráðherrar | Fjármálaráðuneytið“. 2022-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-oktyabr.
- ↑ „А́УСГЕЙРССОН“ (rus tilida). 2022-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-oktyabr.
- ↑ 6,0 6,1 Jóhannesson, Guðni Th.. Fyrstu forsetarnir. Sögufélag, 2016 — 291-bet.
- ↑ „Kristján Eldjárn“ (island tilida) (2014-yil 6-dekabr). 2022-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-oktyabr.
- 13-mayda tugʻilganlar
- 1894-yilda tugʻilganlar
- 15-sentyabrda vafot etganlar
- 1972-yilda vafot etganlar
- Lochin ordeni sohiblari
- GFR oldidagi xizmatlari uchun ordeni maxsus toifadagi katta xochi sohiblari
- Muqaddas Olav ordeni sohiblari
- Finlyandiyaning Oq atirgullar ordeni katta xochi sohiblari
- Elefantordenen (Fil) ordeni sohiblari
- XX asr
- Islandiyalik siyosatchilar
- Davlat boshliqlari
- Yevropa siyosiy odamlari
- Islandiya Prezidentlari
- Islandiya Bosh vazirlari