Kontent qismiga oʻtish

Zunnor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zunnor (arab. — chilvir) — charmdan yasalgan maxsus kamar, belbogʻ. Arab xalifaligi davrida musulmon davlati hududida yashab, boshqa dinga eʼtiqod qiluvchilar — zimmiy (asosan yahudiy va xristian) lar musulmon emasligining belgisi sifatida zunnorni majburan taqishgan. Bu holat shariatda qonunlashtirilgan. Bu qoida Buxoro amirligida buxoro yahudiylariga nisbatan ham qoʻllangan. 1860-lardan barham topgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil