Zuhrasoch qirqqulogʻi
Zuhrasoch qirqqulugʻi — qirqquloqlar boʻlimiga mansub oʻt-oʻsimlik. Oʻbekiston hududida uchraydi. Hozirda kamyob, aynan maʼlum bir muhitda oʻsadi.
Tavsif
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Dunyo: Oʻsimliklar dunyosi
- Boʻlim: Qirqquloqlar
- Sinf(ajdod): Polypodiumsimonlar
- Oila: Qirqquloqdosh
- Turkum: Qirqquloq
- Tur: Zuhrasoch qirqqulogʻi
Tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ildizpoyali, koʻp yillik oʻt. Bargi (poyasi) keng nashtarsimon, uzunligi 10-40 sm, 2-3 karra patsimon boʻlingan. Barg boʻlaklari ham qisqa bandli, barglarning ostki tomonida soruslar joylashgan, undagi sporangiylarda sporalari yetiladi.
Boʻlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yer yuzida qirqquloqlarning 10 000 ga yaqin turi tarqalgan. Qirqquloqlarga ildizpoyali, koʻp yillik oʻtlar kiradi. Faqat tropik va subtropik mintaqalardagina uning daraxtsimon vakillari uchraydi. Yer betiga qirqquloqlarning bir toʻp patsimon qirqilgan uzun barglari oʻsib chiqadi. Yosh barglarning uchi oʻralgan boʻlib, barg oʻsgan sari yozila boradi. Qirqquloqlar boʻlimi vakillari oʻsishi jihatidan qirqboʻgʻimlar vakillariga oʻxshasa ham, lekin bargining yirikligi va spora beruvchi boshoqlarining boʻlmasligi bilan ulardan farq qiladi.
Koʻpayishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zuhrasoch qirqqulogʻi barcha qirqquloqlar singari jinssiz va jinsiy yoʻllar bilan koʻpayadi. Soruslardagi sporangiylar ichida yetilgan sporalar sporangiy poʻsti yorilgach tashqariga chiqadi va shamol yoki suv yordamida tarqaladi. Nam tuproqqa tushgan sporadan gametofit oʻsib chiqadi. Qirqquloqlarning gametofiti boʻyi 1-sm keladigan, yashil, yupqa, yuraksimon oʻsimta boʻlib, pastki qismidagi rizoidlari bilan tuproqqa yopishib turadi. Lekin u uzoq yashamaydi. Gametofitdagi anteriydilarda koʻp xivchinli, harakatchan spermatozoidlar arxegoniylar ichiga kirib, tuxum hujayra bilan qoʻshiladi. Urugʻlangan tuxum hujayradan murtak hosil boʻladi, murtak esa oʻsib, undan yangi qirqquloq — sporofit rivojlanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash][1]
- ↑ Qirqquloqlar bo'limi (o'zbek). „6-sinf darslik“