Kontent qismiga oʻtish

Zoman

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zoman — metilftorfosfonat kislotaning pinakolil efiri, nervni falajlaydigan zaharlovchi modda. Rang-siz, kamfora hidli suyuklik. Suyuqlanish temperaturasi — 80°, qaynash temperaturasi 190° (ajralish bilan); zichligi 1013 kg/m3, 20°da uchuvchanligi 3 mg/l. Suvda oz (20°da 1,5%), spirt, keton, efir va alkilgalogenidlarda yaxshi eriydi. 3. organizmga (koʻproq teri orqali) kuchli taʼsir qiladi. Undan zaharlanish belgilari zya/shkdagiga oʻxshash. 3. suv taʼsirida sekin, ammiak va aminlarning suvdagi eritmalarida tez gidrolizga uchraydi. Shu sababli bu reaksiyalardan Z.ni degazatsiyalashda (zararsizlantirishda) foydalanish mumkin. Z.dan saqlanish uchun protivogazlar, tanani himoya qiladigan vositalar va antidotlardan foydalaniladi. 3. ilk bor zaharlovchi modda sifatida 1944 yil Germaniyada sintez qilingan (yana qarang Zaharlovchi moddalar).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil