Zoltán Kodály
Zoltán Kodály | |
---|---|
Tavalludi | 16-dekabr 1882[1] |
Vafoti | 6-mart 1967[1] |
Fuqaroligi | Mojariston |
Zoltán Kodály (veng.: Kodály Zoltán; 16-dekabr 1882 – 6-mart 1967), Vengriyalik bastakor, musiqiy folklorshunos, pedagog va musiqa jamoat arbobi; zamonaviy venger kompozitorlik maktabi asoschilaridan biri hisoblanadi. Vengriya Fanlar akademiyasi akademik (1945), prezidenti (1946—49), Vengriya musiqa arboblari uyushmasi prezidenti (1949-yildan), UNESCO qoshidagi Xalq musiqasi xalqaro kengashi (IFMC, 1963-yildan) hamda Musiqiy tarbiya xalqaro jamiyati (ISME, 1964-yildan) prezidenti. Budapesht musiqa akademiyasida professor (1908—40). 1905—25-yillari Vengriya qishloqlariga ekspeditsiyalar uyushtirib, 3500 ga yaqin venger xalq qoʻshiq va raqs kuylari (shu jumladan, qadimiy dehqon folklori hamda shahar qoʻshiqlari)ni yozib olgan. Xalq musiqasi toʻplamlari, ularga doir tadqiqotlar nashr ettirgan. Ijodida milliy kuylar va usullarni zamonaviy musiqa ifoda vositalari bilan uzviy bogʻlagan. "Hari Yanosh" operasi (1926), "Venger psalomi" kantatasi (1923), simfonik, xor, kamer musiqa asarlari, maktab oʻquvchilari uchun qayta ishlangan xalq qoʻshiklari hamda ashula darsliklari muallifi. Koshut nomidagi Vengriya Davlat mukofoti sovrindori (1948, 1952, 1957). Kamer va simfonik asarlari, qayta ishlangan xalq qoʻshiqlari Oʻzbekistonda ham ijro etiladi.[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil