Kontent qismiga oʻtish

Zohid Sodiqov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zohid Sodiqov (1910.1.1, Toshkent — 1962.12.4, Samarqand) — Oʻzbekiston xalq artisti (1950). Ijodini 1924—34 yillar Toshkent ishchiyoshlar teatrida drama va musikali drama spektakllarida rollar ijro etish bilan boshlagan. 1934-yildan H.Olimjon nomidagi musiqali drama teatrida faoliyat koʻrsatgan. Neʼmat ("Halima"), Farhod ("Farhod va Shirin"), Qodir ("Gʻunchalar"), Qodir ("Gulsara"), Tohir ("Tohir va Zuhra"), Qosim ("Besh soʻmlik kelin"), Mardon ("Davron ota"), Shoh Bahrom ("Dilorom") kabi obrazlarni musiqali dramalarda yaratgan. Dramatik spektakllarda Rustam ("Rustam"), Arslon ("Tormor"), Kalaf ("Malikai Turandot"), Gʻulom ("Nomus va muhabbat"), Gʻofir ("Boy ila xizmatchi"), Majididdin ("Alisher Navoiy"), Muqimiy ("Mavlono Muqimiy"), Montaro ("Otello") kabi rollarni ijro etgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil