Kontent qismiga oʻtish

Zirk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zirk (Berberis vulgaris L.), qoraqand — zirkdoshlar (zirkgullilar oilasi)ga mansub butalar turkumi. Barglari qalin, qisqa bandli, ketmaket joylashgan. Guli sariq, qoʻsh gulqoʻrgʻonli, shingilga toʻplangan; mevasi rezavor. Shim. yarim sharda tarqalgan. 194 turi bor. 45 turi iklimlashtirilgan. Oʻzbekistonning togʻ yon bagʻirlarida qizil zirk bilan qora zirk tarqalgan. 3. bargi tarkibida berberin, oksikontyn, berbamin va b. alkaloidlar bor. Ularning mevalari nordon, mazali boʻlganligidan turli xil taomlarga, jumladan, palovga solinadi, ovqatni xushtaʼm qiladi. Qora 3. keng isteʼmol qilinganligi uchun uning tusiga nisbat berib "qoraqand" deb ataladi. Tabobatda jigar xastaliklarini davolashda, isitmani pasaytiruvchi, ich ketishni toʻxtatuvchi va yurakni mustahkamlovchi vosita sifatida qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil