Zirabod masjidi
Zirabod masjidi | |
---|---|
Zirabod jomeʼ masjidi | |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Diniy tashkilot |
Turi | Masjid |
Joylashuvi | Buxoro viloyati |
Manzili | Zirabod koʻchasi, 57-uy |
Shahar | Kogon |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qurilishi boshlangan | 1989-yil |
Qurilishi tugagan | 1992-yil |
Zirabod (Zirobod) jomeʼ masjidi — Oʻzbekistonning Buxoro viloyati Kogon shahrida joylashgan jomeʼ masjid[1][2]. Shahardagi ilk va yagona shialar masjidi. U shuningdek Buxoro viloyatida joylashgan 2 ta shialar masjididan biri hamdir[3].
Masjid 1989—1992-yillarda 15x15 metr maydonda qurilgan. U Zirobod va Navzirobod mahallari oʻrtasida joylashgani uchun unga „Zirobod“ nomi berilgan. 1992-yil masjidga 80 m² maydon ajratib berilgan. 2008-yilda masjidni kengaytirish ishlari boshlanib, uning asosiy binosi qayta qurilgan. Keyinchalik masjidga tegishli maydon 1203 m² ga yetgan[4].
2017—2019-yillar davomida masjidda qurilish-taʼmirlash ishlari olib borildi. Masjidning hozirgi binosi 350 kishilik namozxonlarning namoz oʻqishi uchun moʻljallangan[4].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan diniy tashkilotlar“. Minjust.uz. 2023-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-yanvar 2023-yil.
- ↑ „Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtgan diniy tashkilotlar“. Buxoro.adliya.uz (2018-yil 25-iyul). Qaraldi: 2023-yil 2-yanvar.
- ↑ „В Узбекистане блокируется открытие шиитских мечетей“. Asiaterra.info (2021-yil 4-iyul). Qaraldi: 2023-yil 2-yanvar.
- ↑ 4,0 4,1 „„Zirobod“ jomeʼ masjid tarixi“. Naqshband.uz (2020-yil 20-may). 2023-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-yanvar.