Zikriyo Gʻaniyev
Qiyofa
Zikriyo Gʻaniyev | |
---|---|
Farg‘ona viloyat ijroiya qo‘mitasi raisi | |
Mansab davri 1962 – 1964-yillar | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 1913 |
Vafoti | 19-sentyabr 1983-yil |
Siyosiy partiyasi | KPSS |
Mukofotlari |
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Zikriyo Gʻaniyev — sovet davlat va iqtisodiyot arbobi.
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1913-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. 1946-yildan KPSS aʼzosi.
1933—1983-yillar oraligʻida Oʻzbekiston SSRda sugʻorish ishlari tashkilotchisi, Katta Fargʻona, Qoʻrgʻontepa va Katta Andijon kanallari qurilishida qatnashgan. Bir qator tumanlar suv xoʻjaligi boshqarmalari boshligʻi sifatida xizmat qilgan[1].
Fargʻona viloyati suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi, viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi. Fargʻona viloyati kolxoz qurilishi boshligʻi. O‘zbekiston SSR Oliy Soveti VI chaqiriq deputati etib saylangan. 1983-yilda Farg‘onada vafot etgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() |
![]() |