Zigʻir
Zigʻir (Linum) — zigʻirdoshlarga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi, tola va moy olish uchun ekiladigan ekin. Moʻʼtadil va subtropik mintaqalarda tarqalgan. Yer yuzida 230 dan ortiq turi mavjud. Tolasi va moyi uchun ekiladigan madaniy 3. (L.usitatissimum) turi xoʻjalik ahamiyatiga ega. 3. qadimdan Shim. Ispaniya, Xitoy, Misr, Rossiyada maʼlum boʻlgan. Moyli 3. Argentina, AQSH, Kanada, Xitoy, Hindiston, Misr, qisman Oʻrta Osiyoda ekiladi. Jahon boʻyicha umumiy 3. maydonlari 3,4 mln.ga dan ortiq, urugʻi boʻyicha yalpi hosili 2,9 mln. t (1999). Tolali 3., asosan, Rossiyaning Yevropa qismi, Ukraina, Polsha, Ruminiya, Fransiya, Chexiya, Slovakiyada ekiladi (jahon miqyosida tolali 3. maydonlari umumiy ekin maydonining 1/4 qismini tashkil etadi). Tolali zigʻir tola olish uchun ekiladigan bir yillik oʻsimlik. Poyasi ingichka, silliq, tik usadi, och yashil rangli, boʻyi 60—120 sm. Oʻsimlik yetilganda poyasi sargʻishyashil rangli. Bargi oddiy, bandsiz, navbatmanavbat joylashadi, rangi yashil. Gul toʻplami poyaning uchida joylashadi, zangori rangda, oʻzidan changlanadi. Gullash davri 6—10 kun davom etadi. Mevasi koʻsakcha, uz. 6,1—8,3 mm, eni 5,7—6,8 mm, 5 uyali, odatda, uyada 10 ta urugʻ boʻladi. Urugʻi yassi, silliq, seryogʻ (42—49%), 1000 ta urugʻining vazni 2,8—8,7 g . Tolali 3. harorati moʻtadil, bahor va yozda teztez yomgʻir yogʻib turadigan mintaqada ekiladi. Urugʻi 5° issiqda unib chiqadi. Maysasi —3—5° sovuqqa chidaydi. Maysalanish davrida muqobil harorat 9—12°, qolgan davrlar uchun 16—18°. Harorat 22° dan yuqori bulsa tolali zigʻirning oʻsishiga salbiy taʼsir qiladi, poya koʻp shoxlanadi, tola sifati pasayadi. Vegetatsiya davri 75—90 kun, yetilishi uchun 1100—1500° samarali harorat talab qilinadi. Tolali zigʻir uzun kunlik oʻsimlik. Kun yorugʻ boʻlsa shoxlanishi koʻpayadi, ammo soya joylarda poyasi yotib qoladi.
Moyli zigʻir issiqlikka talabchan, urugʻi 12° da unib chiqadi. Gullash — yetilishi davrida harorat 20—22° boʻlgani maʼqul. Foydali harorat yigʻindisi 1600—1800° talab qilinadi. Vegetatsiya davri 150 kungacha borishi mumkin. Boʻyi 40—70 sm. Urugʻida 52% gacha moy bor. Moyli zigʻir unumdor va begona oʻtlardan toza yerlarga ekiladi, shoʻrlangan, ogʻir tuproqlar yaramaydi.
Z.dan yuqori sifatli tola va moy olinadi. Tolasi pishiq, mustahkam, egiluvchan. 3. tolasidan kiyimlik gazlamalar (batist), brezent, paxta va kimyoviy tolaga qoʻshib dekorativ gazlamalar, arqonlar ishlab chiqariladi. Oziqovqatda, lokboʻyoq sanoatida, tabobatda qoʻllanadi. Kunjarasi chorvachilikda sifatli ozuqa hisoblanadi. Tola hosili 0,4—1,6 t/ga (poyadan chiqishi 10—15%), urugʻ hosili 2,5—21 s/ga. Bir ekilgan dalaga zigʻir 5—7 yildan keyin ekiladi, yaxshi utmishdosh — beda, noʻxat, poliz ekinlari, shudgor qilishdan oldin dalaga har ga hisobiga 8—15 t goʻng , 20–45 kg N, 40–60 kg R2O5, 40–60 kg K2O solinadi. Azotli oʻgʻit ekishdan oldin, oʻsuv davrida (20–30 kg/ga) beriladi. Urugʻlik kasalliklarga qarshi ekishdan oldin dorilanadi.
3. erta bahorda yoppasiga qatorlab ekiladi. Lalmi yerlarda har gektarga 20–22 kg (moyli 3. 50–60 kg/ga), togʻli mintaqalarda 25–30 kg (yoki 4—6 mln. dona urugʻ) sarflanadi. 3—5 sm chuqurlikda seyalkalarda ekiladi.
Oʻzbekistonda juda qadimdan lalmi yerlarda faqat moyli 3. ekib kelingan (tolali 3. ekilmaydi), 3. moyi qadrlangan. Hoz. davrda Baxmal 1056, Baxmal 2, Buxoro 32 va b. navlari ekiladi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yormatova D., Oʻsimlikshunoslik, T., 2000.
Halima Otaboyeva.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |