Zhao Kai Pang
Zhao Kai Pang | |
---|---|
Edwards/Pang juftligi, 2014-yil | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Davlat | Kanada |
Tavalludi | 5-mart 1995-yil |
Boʻyi | 1.76 m (5 ft 9 1⁄2 in) |
Sherigi | Madeline Edwards |
Murabbiyi |
Megan Wing Aaron Lowe |
Jamoasi | Inlet FSC Burnaby |
Mashgʻulot oʻtkazadigan joyi | Burnaby |
Uchishni boshlagan | 1998 |
Yakunlagan | 2016 |
Shaxsiy rekordlari | |
Raqs (umumiy natija) | 139.65 |
Qisqa raqs | 57.92 |
Erkin raqs | 81.73 |
Zhao Kai Pang (1995-yil 5-martda tugʻilgan) — Kanada vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan sobiq muz raqqosi. Sherigi Madeline Edwards bilan birga 2014-yilda Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatining bronza medali sovrindori va 2013-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Kanada milliy chempionatining gʻolibi boʻlgan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pang 2019-yilda Britaniya Kolumbiyasi universitetining tibbiyot fakultetiga qabul qilindi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zhao Kai Pang 2007-yil dekabr oyida Madeline Edwards bilan juftlik hosil qilgan. Juftik 2011-yilda Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida debyut qilib, Avstriyada boʻlib oʻtgan Gran-pri musobaqasida beshinchi oʻrinni egallagan. Keyingi mavsumda juftlik Fransiya va Turkiyada oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlarida bir juft bronza medallarini va 2013-yilgi Kanada chempionatidaishtirok etib, oʻsmirlar oʻrtasida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Juftlik 2013-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun yoʻllanmaga ega boʻlgan va u yerda 12-oʻrindan joy olgan[1].
2013 — 2014-yilgi mavsumda Edwards / Pang juftligi ikki marta Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri medalini qoʻlga kiritgan, Meksikada boʻlib oʻtgan bosqichda kumush, Chexiyada esa bronza medali sohibi boʻlgan. Juftlik 2014-yilgi Kanada chempionatida ettinchi oʻrinni egallaga[2]n. Ular 2014-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida qisqa raqs namoyishi uchun beshinchi, erkin raqs uchun esa uchinchi oʻrinni egallab, umumiy natija bilan bronza medalini qoʻlga kiritganlar[3].
Edwards / Pang juftligi 2014 — 2015-yilgi mavsumda Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida qatnashishni davom ettirishga qaror qilgan[4]. Ular Fransiyaning Kurchevel shahrida boʻlib oʻtgan Gran-pri musobaqasida kumush medal bilan taqdirlangan va rossiyalik Alla Loboda / Pavel Drozd juftligidan 2,82 ball farq bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Edwards 2014-yil dekabr oyining oxirida mashg‘ulot paytida to‘pig‘ini shikastlab olgan. Qisqa raqsda oltinchi, erkin raqsda esa toʻrtinchi oʻrinni egallagan holda, juftlik 2015-yilda Estoniyaning Tallin shahrida oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oltinchi oʻrinni egallagan[5].
Dasturlari
[tahrir | manbasini tahrirlash](Madeline Edwards bilan)
Mavsum | Qisqa raqs | Erkin raqs |
---|---|---|
2015 — 16 |
| |
2014 — 15 |
Junior-level
Senior-level
|
|
2013 — 14 |
|
|
2012 — 13 |
|
|
Natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Madeline Edwards bilan
Xalqaro | |||||
---|---|---|---|---|---|
Musobaqa | 10 — 11 | 11 — 12 | 12 — 13 | 13 — 14 | 14 — 15 |
Oʻsmirlar oʻrtasidagi
Jahon chempionati |
12 | 3 | 6 | ||
JGP finali | 5 | ||||
JGP Avstriya | 5 | ||||
JGP Chexiya Respublikasi | 3 | ||||
JGP Fransiya | 3 | 2 | |||
JGP Yaponiya | 1 | ||||
JGP Meksika | 2 | ||||
JGP Turkiya | 3 | ||||
Milliy | |||||
Kanada chempionati | 1-N | 2-J | 1-J | 7 | 7 |
Darajalar — N: yangi konkida uchuvchi; J = oʻsmirlar |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Thayer, Jacquelyn. „Behind the Program, Ep. 3: Edwards and Pang, 2015-16 Free Dance“. Two for the Ice (2015-yil 4-avgust).
- ↑ Slater, Paula. „Edwards and Pang emerge with new confidence“. Golden Skate (2014-yil 25-iyul).
- ↑ Hoyt, Melanie. „Edwards & Pang on the Right Path“. ice-dance.com (2013-yil 5-sentyabr). 2014-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-dekabr.
- ↑ Edwards, Madeline; Pang, ZhaoKai „Retirement“. Facebook (2016-yil 13-iyul).
- ↑ Edwards, Madeline; Pang, ZhaoKai „Injury“ (2015-yil 28-sentyabr).