Zayd al-Xoyr
Zayd al-Xoyr | |
---|---|
زيد الخير | |
![]() | |
Tavalludi |
hijriy 6-asr Najd , Saudiya Arabistoni |
Vafoti |
hijriy 631-632-yil Madina va Najd orasida |
Dini | islom |
Unvoni | sahoba |
Zayd al-Xoyr (arabcha: زيد الخير) – tayy qabilasining boshligʻi boʻlib, u Islomni qabul qilgan va sahobalardan biri boʻlgan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zayd al-Xoyrning asl ismi Zayd al-Xoyl ibn Muhalhil. U oʻsha paytda Najdda yashagan tayy qabilasidan boʻlgan[1][2][3]. Zaydning oldingi „al-Xayl“ ismi oʻziga tegishli boʻlgan koʻp sonli otlarni bildirgan boʻlsa, yangi „al-Xoyr“ nomi Islomni qabul qilgani uchun Alloh taoloning unga bergan marhamatiga ishora qilgan[4]. Zaydning Mixnaf va Horis ismli ikki oʻgʻli boʻlib, ular ham musulmon boʻlgan.
631-632-yilda (hijriy 10-yilda) Zayd al-Xoyl tayy qabilasi boshligʻi sifatida Muhammad bilan uchrashish va oʻsha paytda tarqalib borayotgan Islom haqida soʻrash uchun Madinaga vakillar yuborgan[5][6]. Muhammad Zaydning fazilatlaridan taʼsirlangani va yuborgan vakillari ham islomni qabul qilganidan soʻng Zayd al-Xoyl oʻz ismini Zayd al-Xoyrga oʻzgartirgan[7][8][9]. Biroq, ushbu vakil aʼzolaridan biri Zurr ibn Sadus islom dinini qabul qilishni rad etgan va keyinchalik Vizantiya Suriyasiga qochib ketgan.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zayd Madinadan Najdga qaytayotganida isitma kasalligi bilan ogʻrib qolgan[10][11] va u Najd yaqinidagi daryo boʻyida turganida vafot etgan [10][11]. Uning vafoti qabilasiga maʼlum boʻlgan paytda, Zaydning butparast xotini Zayd ibn Xoyrning kitoblarini olib, yoqib yuborgan[10][11].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ibn Kathir. al-Bidāyah wa' al-Nihāyah. Beirut, Lebanon: Dar Ibn Kathir, 2021. ISBN 9789953520841.
- ↑ Ibn Hisham. al-Sīrah al-Nabawiyyah. Beirut, Lebanon: Dar Sader, 2010. ISBN 9953130728.
- ↑ Usd al-ghabah fi marifat al-Saḥabah. Beirut, Lebanon: Dar Ibn Hazm. ISBN 978-9953-81-621-0.
- ↑ Muir, William. The Life Of Mahomet: From Original Sources. Hardpress Publishing, 2013. ISBN 1314678876.
- ↑ Mubarakpuri, Saifur Rahman. The Sealed Nectar: Biography of the Noble Prophet. Darussalam Publications, 2008. ISBN 978-9960899558.
- ↑ al-Hindi, al-Muttaqi. Kanz al-'Ummal fi Sunan al-Aqwal wa-al-Af'al. Dar Al Kutub Al Ilmiyah, 2010. ISBN 9782745128997.
- ↑ Ibn Kathir. al-Bidāyah wa' al-Nihāyah. Beirut, Lebanon: Dar Ibn Kathir, 2021. ISBN 9789953520841.
- ↑ Ibn Hisham. al-Sīrah al-Nabawiyyah. Beirut, Lebanon: Dar Sader, 2010. ISBN 9953130728.
- ↑ Usd al-ghabah fi marifat al-Saḥabah. Beirut, Lebanon: Dar Ibn Hazm. ISBN 978-9953-81-621-0.
- ↑ 10,0 10,1 10,2 Ibn Kathir. al-Bidāyah wa' al-Nihāyah. Beirut, Lebanon: Dar Ibn Kathir, 2021. ISBN 9789953520841.
- ↑ 11,0 11,1 11,2 Ibn Hisham. al-Sīrah al-Nabawiyyah. Beirut, Lebanon: Dar Sader, 2010. ISBN 9953130728.