Kontent qismiga oʻtish

Zanjirli uzatma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rolikli zanjir va tishli uzatma

Zanjirli uzatma - bir valdan ikkinchi valga aylanma harakat uzatuvchi zanjirli mexanizm. Ikkala valga bikr oʻrnatilgan tishli gʻildiraklar (yulduzlar)ga kiydirilgan berk ("uzluksiz") zanjir halqadan iborat. Zanjirning tuzilishi, yulduzchalar soni, yetakchi yulduzchaning aylanish yoʻnalishi, yetakchi valning aylanish chastotasi (aylanishlar soni)ga, moylanishi va b.ga koʻra turli xillarga boʻlinadi. Zanjirli uzatma. Tishli gʻiddiraklar zanjir halqa bilan tekis ishlashi uchun gʻildirak tishlari zanjirning tuzilishi (tipi)ga qarab yasaladi. 3. u.lar bir tekis va shovqinsiz ishlaydi. Vtulkali va vtulkarolikli zanjirlar paydo boʻlishi bilan 3. u.lar katta quvvat 700 Mn (70000 kgkuch)ni katta (35 m/s gacha) aylanish tezliklarida uzata oladigan boʻldi. Turli mashinalar, mexanizmlar, mototsikl va velosipedlarda qoʻllanadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil