Zanjibar (shahar)
Qiyofa
Zanjibar — Tanzaniyadagi shahar, Zanjibar o.ning gʻarbiy sohilidagi yirik dengiz porti va savdo markazi. Aholisi 375,5 ming kishi (1998). 1964-yilgacha Zanjibar sultonligining poytaxti boʻlgan. Oʻsha yildan 3. Tanzaniya orol qismining maʼmuriy markazi. Elektrotexnika, yogʻochsozlik, kimyo, oziqovqat, kemasozlik sanoati korxonalari bor. Shaharda qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlaydigan korxonalar mavjud. 3. orqali chetga qalampirmunchoq, kokos yogʻi, kopra chiqariladi. Hunarmandchilik rivojlangan. Davlat muzeyi va 3. arxivi bor. Dengiz baliqchiligi muammolarini oʻrganuvchi Sharqiy Afrika uyushmasining qarorgohi joylashgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]