Zangezur
Zangezur – Armaniston Ozarbayjoning hududlarining biq qismini qamrab olgan tarixiy viloyat. Zangezur viloyati Gafan, Gorus, Karakilsa (Sisian), Mugru, Zengilan, Gubadli va Lachinni qamrab oladi. XX asrning boshlarida Zangezur viloyatida 149 ozarbayjon qishlogʻi, 91 qurd qishlogʻi va 81 arman qishlogʻi boʻlgan.[1]
Zangezur hududi Zangezur tizmasining bir qismini, Kichik Kavkazning eng uzun togʻ tizmasini, Ozarbayjon Respublikasi chegaralarining janubi-gʻarbiy qismini, Armaniston hududining janubi-sharqini qamrab oladi. Tarixiy Zangezurning Ozarbayjon chegaralaridagi qolgan qismi Sharqiy Zangezur, hozirgi Armaniston davlati hududidagi qolgan qismi esa Gʻarbiy Zangezur deb ataladi.
Etimologiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Toponimning oxiridagi „zur“ turkiy tildagi soʻz boʻlib, „jar“ soʻzining fonetik varianti va „vodiy“, „jar“ kabi maʼnolarni bildiradi. Etnotoponim („etno“ – xalq, „toponim“ – joy nomi degan maʼnoni ifodalaydi) lugʻatiga kiruvchi ushbu soʻz tuzilishi jihatidan murakkab soʻz hisoblanadi.
- Hududda „Tatev“ nomini olgan eski bir cherkov bor. Amir Temur bu hududni bosib olmoqchi boʻlganida, tabiiyki, bu yerning boylariga oʻz odamlarini joʻnatadi. Atrofidagi xabar beruvchi kishilar Amir Temurga boylarni ogohlantirishganini, boylar esa qarshilik qilishganini bildiradilar. Shundan keyin Amir Temur yana oʻz odamlarini yuboradi. Tong paytida Amir Temurning odamlari butun xalq koʻchalarga chiqishi uchun nogʻora chaladilar va bu baland tovushlarni eshitgan butun xaloyiq, jamoat bir-biriga shunday deya yuzlanadi: Kuch-qudrat ovozi! (Kuch-qudrat ovozi Ozarbayjon tilida „Guj zangi“ deyiladi. „Guj“ oʻzbek tilida kuch degani, „zang“ soʻzi esa – qoʻngʻiroq, tovush maʼnolarini bildirmoqda.) [2]
Mana shu voqeadan keyin „Zangazur“ joy nomi kelib chiqqandir.
Tabiat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zangezur viloyati gʻarbdan Naxchivan, sharqdan Qorabogʻ qadimiy viloyati bilan oʻralgan. Zangezur yerlaridan Bazarchay daryosi oqib oʻtadi. Zangezur togʻ tizmasi va Qorabogʻ togʻ qiyaligi orasida joylashgan. Shu sababli bu hududni zangi vodiysi deb atashadi. Bu togʻ tizmasi butun Zangezur viloyati, Tartar va Arpa daryolarining yuqori qismi boʻylab oʻtib, Araz daryosigacha yetadi. Uzunligi tahminan 130 km, balandligi – 3904 metrni tashlik qiladi.
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qadimda va ilk oʻrta asrlarda Zangezur hududi Mada podsholigi, skiflar podsholigi va Atropatena davlati Sunik yoki Sisakan nomi bilan, Ozarbayjon Albaniya davlati tarkibida boʻlgan. 6-asr oʻrtalarida Xosrov Anusheva I ning maʼmuriy islohoti natijasida Adurbadagan viloyati tashkil etilib, Ozarbayjonning shimoli ham, janubi ham yagona nom ostida birlashtirildi. VII-asr boshlarida Vizantiya Imperator Irakliy II ning sosoniylar shohi Xosrov Parviz II bilan urushda gʻalaba qozonishi forslar hukmronligiga boʻysunuvchi mamlakatlarda mustaqillik tendensiyalarini kuchaytirdi.
Natijada Sünik knyazligi mustaqillikka erishdi. Moisey Kalankatli „Albaniya tarixi“ asarida VII-asr boshlarida mustaqil Sunik knyazligi mavjudligini qayd etadi.
Qadimgi manbalarda bu hudud Sisakan yoki Sünik, arab manbalarida Siyojon deb atalgan. Tadqiqotchilar Sisakan toponimi oʻsha hududda yashagan qadimgi turkiy qabilalardan ekanligini aniqladilar saklar nomi bilan bogʻliqligini yozadilar.
Alban tarixchisi Moisey Kalankatuklu „Albaniya tarixi“ asarida bu hududda yashagan alban qabila jamoalari, gargarlar, xazarlar, xunlar va boshqa turkiy qabilalar haqida maʼlumotlar beradi.
Albaniya davlatining sharqiy qismini tashkil etuvchi Zangezur Megridan boshlab Araz daryosi boʻylab Akaragacha, shimolga qarab Kapicich, Xustup togʻlarigacha, Zangezur togʻ tizmasidan Bergushod togʻlarigacha boʻlgan keng hududni egallaydi.
VII-asrning 2-yarmida Zangezur Alban davlati bilan birgalikda arablar tomonidan bosib olindi.
Arab xalifaligining zaiflashuvi davrida sobiq Albaniya hududida mayda ozarbayjon feodal davlatlari vujudga keldi.
Jovidon, Javashir, Bobeklar davrida Zangezur Xurramiylar harakati va arablarga qarshi urushlarning asosiy markazi boʻlib, 30 yildan ortiq davom etgan janglar joyi boʻlgan. Zangezurda oʻt oʻchirish ibodatxonalari joylashgan. Arablar Janubiy Ozarbayjon-Naxchivan-Bichenak-Gorus-Lochin-Barda yoʻnalishida harakatlanib, Albaniyani (Shimoliy Ozarbayjon) egalladi.
1065-yilda Buyuk Saljuqiylar imperiyasi hukmdori Alp Arslon Gafan shahrini egallab, Sunik knyazligining mavjudligiga barham beradi. 150 yil davom etgan saljuqiylar hukmronligi Zangezur hududida turk-islom taʼsirini kengaytirdi va bu yerlarda koʻplab turkiy qabilalar oʻrnashib oldi.
1236-yilda moʻgʻul-tatarlar, 1395-yilda Amir Temur katta yoʻqotishlar evaziga Qorabogʻ va Zangezurni egallab, uning qoʻshinlariga haddan tashqari qarshilik koʻrsatganliklari uchun bu yerlarni talon-taroj qildilar va bu yerdan 10 ming oilani Sharqning sharqiy tomoniga koʻchirishni buyurdilar. imperiya – Afgʻoniston. Bu yurishni jonli koʻrib, yozib olgan Foma Mesoplu „Afgʻon tarixi“ va Yesay Hasan Jalol „Albaniya oʻlkasining qisqacha tarixi“ asarlarida bu hijrat haqida maʼlumot bergan. Qandahor yaqinida atigi 4 ming oila joylashdi. Mahalliy aholi bu koʻchirilganlarni oʻz ismlari bilan „Agʻvon“ deb atagan va bu nom fonetik oʻzgarishlarga uchrab, butun bir millat va mamlakat nomi va manzilini „Afgʻon“ga oʻzgartirgan.
Zangezur Qoragoyunlu (1410–68), Aggoyunlu (1468–1502), 1502 yilda Safaviylar oltin boshliqlari hukmronligiga oʻtgan. 1420-yilda Gara Iskandar Erzurumda Aggoyunlu hukmdori Gara Usmon ustidan gʻalaba qozonib, Naxchivon va Zangezur yerlarini qoʻlga kiritgach, koʻp sonli arman oilalarini Ararat va Sunikga koʻchiradi. Usmonlilar bilan Safaviylar oʻrtasida Qorabogʻ-Zangezur uchun uzoq davom etgan qonli janglar boʻlgan, shuning uchun ham Zangezurning aksariyat aholi punktlari boʻm-boʻsh, odamsiz, xarobaga aylangani oʻsha davrlarning „Batafsil daftarlari“da qayd etilgan.
Chor Rossiyasi davrida u Yelizavetpol guberniyasi tarkibida boʻlgan Zangezur viloyati Chor Rossiyasi davrida u Yelizavetpol guberniyasi tarkibida boʻlgan. 1905-1907 va 1914-1920-yillarda qurollangan armani guruhlarining vaxshiy harakatlari natijasida bu viloyatda yarim millionga yaqin Ozarbayjonlar aholi qirib tashlandi. Oʻsha davrda Zangezurda 115 ozarbayjon qishlogʻi yoʻq qilindi. 4472 ayol va bolalar qurollangan armanilar tomonidan vahshiylarcha oʻldirildi.
Usmoniylar saltanati bilan tuzilgan kelishuvga koʻra viloyat Fevral inqilobidan soʻng tashkil topilgan Armani Demokratik Respublika hududiga kirmagan. Lekin ushbu kelishuvni tan olmagan Andranik Ozanyan Usmoniylar armiyasidan qochib ketib, armani qurollangan guruhlari koʻzga koʻrinmagan vaxshiyliklar sodir qilib, bu viloyatni bosib oldi.
Usmoniylar armiyasi Ozarbayjonni tark etganidan soʻng, Mudross sulhi asosida inglizlar, AXS tarkibida tashkil etilgan Qorabogʻ general-guberniyasini tan olishdi va Shusha, Djavanshir, Djebrail uyezdlari bilan birga bu yerga Zangezur uyezdi ham kirdi. Andranik viloyatni tark etdi, lekin uning armiyasi hududning bir qismini oʻz tasarrufida qoldirdi. Mamlakat hududi dahlsizligini taʼminlash maqsadida Ozarbayjon Xalq Respublikasi Mamlakati Zangezurga armiyasning bir qismini yuborishga ahd qildi. Shu maqsad bilan 1919-yilning 30 oktabirida harbiy vazirlik Maxsus Zangezur guruhini yaratdi.
Guruh rahbari etib 1 suvoriylar diviziyasi komandiri, general – mayor Djavad bek Shixlinskiy tayinlandi. Guruh 30 oktabr kuni Xankendidan Zangezur yoʻnalishi boʻylab harakatini boshladi. Turli yoʻnalishlarda yashaydigan birinchi, oʻng va chap guruhlar Dig viloyatiga borishi kerak edi. Digni Armani qurolli kuchlaridan tozalanishi, Qorabogʻ va viloyatga olib boruvchi strategik yoʻlni nazoratga olish bilan katta ahamiyatga ega edi. Shixlinskiy guruhi boshligʻi qarori bilan birinchi guruh 3 noyabr kuni hujumni boshladi, guruhning suvoriylar boʻlimi 2 zambarak bilan Sultanlar qishlogʻidagi harbiy ishlardan avvalgi holatni egallashi kerak edi, boshqalar esa Sadinlar qishlogʻi yoʻnalishi tomon harakat qilib, u yerda harbiy vaziyatdan avvalgi holatni egallashi kerak edi. Hujum vaqtida guruhning oʻng himoyasi Sultan bek Sultanov boshqaruvi ostida mahalliy partizanlarga topshirildi. Dig yoʻnalishidagi janglar Ozarbayjon harbiy qismlari uchun muvafaqiyatli boshlandi, lekin uni ushlab qola olmadilar.
1920-yilning 28 aprelida Ozarbayjonda Sovet boshqaruvi oʻrnatilganidan soʻng, viloyatning katta qismi amalda Armani kuchlari nazoratida boʻlgan. Shuningdek, Qorabogʻning togʻli qismida armani qurolli kuchlarining hujmlari davom etdi. 1920-yilning 30 apreldagi notada Ozarbayjon SSR davlati (Vahtinchalik Inqilob Qoʻmitasi) Armanistondan oʻz qurolli kuchlarini Zangezur va Qorabogʻdan olib chiqishini talab qildi.
1920-yilning 10 avgustida Rossiyaning Kavkaz byurosi KP (b), Ozarbayjonning Bolsheviklar boshqaruvi ruhsatisiz, Naxichevonning Sharur-Daralayaz viloyatini Armanistonga berish haqida qaror chiqardi, Qorabogʻ va Zangezur esa Ozarbayjon va Armaniston orasida „bahsli hudular“ deb eʼlon qilindi. 1920-yilning 29 noyabirida Armanistonda sovet hukumati oʻrnatilganligi haqida eʼlon qilindi, lekin viloyatlarda dashnoqlar boshqaruvi hali tarqalmagan edi.
Zangezurni Armanistonga berilishi Ozarbayjonning Siyosiy va Tashkiliy Byurosi SKKP (b) umumiy majlisidagi qaror bilan qabul qilingan.[3] Unda Zangezur viloyatini 2 qismga: Gʻarbiy Zangezur uyezdi va axolisini qurdlar tashkil qilgan Sharqiy – Qurd uyezdiga boʻlinishi haqida qaror qabul qilingan.[4] Natijada, 6.742 kv verstni tashkil qilgan[5] Zangezur uyezdining 3.105 kv. Versti Ozarbayjon tarkibida qoldi va 3.637 kv. Verst Armanistonga berib yuborildi.[3][6]
1988-yilda faqatgina Zangezurda yashaydigan aholi emas, balki Gyoche, Daralayaze, Irevandagi aholi ham oʻz ajdodlari yerlaridan haydaldi. Ommaviy terror qilingan ozarbayjonliklarning soʻnggi vakillari Zangezurni tark etishga majbur boʻlishdi, qolib ketgan modiy-madaniy obidalar armanilar tomonidan vayron qilindi.
Zamonaviy Ozarbayjon Respublikasi, bu yerlarni oʻz hududi deb hisoblab, Armaniston Respublikasiga qarshi bu yerlarga boʻlgan daʼvosini keltira olmadi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev oʻz soʻzlarida „Ajdodlarimiz yerlari boʻlmish Irevon xonligi, Zangilon okrugi va boshqa yerlar hozirda Armaniston davlati yerlariga aylandi“ deb taʼkidladi. „Ular bizning tarixiy yerlarimiz, lekin biz Armanistondan bu yerlarni daʼvo qilmayapmiz, vaholanki biz bunga haqlimiz. Zeʼro, Armaniston joylashgan hudud – qadimiy turkiylar, Ozarbayjonliklar yeridir“.[7]
Qishloqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]XX asr boshlarida Zangezur okrugida 149 ozarbayjon, 91 qurd va 81 armani qishloqlari mavjud edi. 1905-1907 va 1914-1920-yillarda, arman dashnoqlari tomonidan sodir etilgan bu okrugdagi qirgʻinlar natijasida, koʻp sonli ozarbayjonlar vafot etdi. Shu davrda armanilar Zangezurdagi 115 qishloqni yoʻq qilib, 4472 ayol va bolalarni vahshiylarcha oʻldirishdi.[1]
Masjidlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1915-yilda Zangezur va Irevan guberniyalari hududida 382 shiitlar va 9 suniylar masjidi boʻlgan. 1904-yilda Irevan guberniyasida masjidlarni oshish dinamikasi 201 ni tashkil qilgan, 1911-yilda esa – 342 va 1915 – 382 ni tashkil etgan. Okrugdagi bunday koʻpayish dinamikasi musulmon aholi tez koʻpayishi va ozarbayjon diniy ulamolari bu hududda kuchli nufuzga ega ekanligidan darak bergan. Masjid filiallari Zangezur, Sheki, Vagudi, Mardxuz, Garag, Saldash, Karkyal, Agbes, Agbag, Gadjiami, Balligaya, Karkas, Charali, Xarchmagli, Dashtekerd, Galachig, Djidjimli 1, Djidjimli 2, Garoachali, Seidlar, Mollalar, Taza Kilsa, Nardjan, Zor, Afandilyar, Pasan, Xurtekes, Gadjigambar, Garabaglar, Demirchilar, Dondarli, Kurdalug, Uladjli, Saradjli, Darzili, Oxchi va Kagalar qishloqlarida ishlardi. Jami Irevan guberniyasining Echmiedzin uyezdida 36 ta masjid, Murmali uyezdida – 47, Sharur – Daralayaz uyezdida – 63 ta, Novobayazed uyezdida – 14 ta, Ireva uyezdida – 54 ta maxalla masjidlari ishlagan. Bu masjidlarda tugʻilganlik, oʻlgan, nikoh va ajrimlar haqida yozuvlar olib borilgan. Har bir maxalla mullasi gubernator tomonidan tayinlangan. XX asrning boshlarida Irevan shahrining oʻzida Gadim Shahar, Djame, Gadji Novruzalibek, Mirza Sharifbek, Gadji Djafarbek masjidlari ishlagan. Djami Irevan masjidi kompleksida madrasa binosi boʻlgan. Bunday tarixiy obidalarning aksariyati armanilar tomonidan vahshiylarcha yakson qilindi, yoki ularning kelib chiqishi oʻzgartirildi.
Zangazur yoʻlagi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zangazur yoʻlagi[8] – Ozarbayjonning asosiy qismini uning bir qismi boʻlgan Naxichevan Avtonom Respublikasi bilan bogʻlovchi transport yoʻlagi. Kengroq maʼnoda, Zangazur yoʻlagi Naxchivanni Ozarbayjon va Turkiya bilan bogʻlab, Naxchivandan Turkiyaga, u yerdan Oʻrta yer dengizi boʻylab boshqa gʻarb davlatlariga, bir soʻz bilan aytganda, mintaqa davlatlariga Xitoy, Markaziy Osiyo-Ozarbayjon-Turkiya-Yevropa tranzit-transport liniyasidan foydalanish imkonini beradi. Natijada, Boku-Tbilisi-Kars temir yoʻli bilan birga, Ozarbayjon Naxchivan orqali Turkiya orqali Yevropaga kirish imkoniyatiga ega. Terter va Arpa daryolarining yuqori oqimidan Araz daryosigacha boʻlgan Zangazur yoʻlagi uzunligi taxminan 130 km, balandligi esa 3904 metrni tashkil etadi. Bu togʻ tizmasi bilan Qorabogʻ platosi orasida joylashgan hudud Zangi darasi deb ham ataladi[9].
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ozarbayjon 2020 yil 27 sentyabrda boshlangan va 44 kun davom etgan ikkinchi Qorabogʻ urushida qariyb 30 yil davomida qoʻshni Armaniston egallagan 20 foiz hududinini qaytarib olib, gʻalaba qozondi. Armanistonning bosqinchilik siyosati natijasida bosib olingan qadimgi Ozarbayjon yerlari bosqindan ozod qilindi.[10].
Ozarbayjon, Rossiya va Armaniston rahbarlari tomonidan 2020-yil 10 noyabrda imzolangan uch tomonlama Bayonot ikkinchi Qorabogʻ urushiga Ozarbayjon gʻalabasi bilan chek qoʻydi. Fidoyilik, mardlik, qahramonlik va matonat bilan qoʻlga kiritilgan buyuk gʻalaba natijasi boʻlgan uch tomonlama Bayonot nafaqat harbiy harakatlar toʻxtatilishini, balki Armanistonning Janubiy Kavkazda qariyb 30 yil davomida olib borgan bosqinchilik siyosati natijasida mintaqada cheklangan iqtisodiy va transport aloqalarini tiklash, rivojlantirish, ushbu yoʻnalishda global loyihalarni amalga oshirishning huquqiy asosini ham taʼminladi[11].
Ozarbayjonning Qorabogʻdagi tarixiy gʻalabasining muhim natijalaridan biri Naxichevandan Ozarbayjonga choʻzilgan Zangazur yoʻlagining ochilishi boʻldi[12]. 1921-yilda Sovet Rossiyasining Armanistonga hadya etgan yoʻlagi, bir vaqtlar boʻlinib ketgan, turkiy tilli oʻlkalarni ajratib, hozirgi geografik jihatdan ikki qismga boʻlingan qadimgi Zangazur nohiyasi orqali oʻtadi va turk dunyosi oʻrtasida quruqlik orqali aloqa oʻrnatadi, bugun bu oʻlkalarni bogʻlovchi yoʻlga aylanadi. Bu strategik yoʻl Naxichevan va Ozarbayjonning materik qismi oʻrtasida bevosita aloqani tiklash, avtonom respublikaning transport qamalidan chiqarish bilan birga tumandagi barcha iqtisodiy va transport aloqalarini qamaldan chiqarishga xizmat qiladi[9].
Adolatning tiklanishi boʻlgan Zangazur yoʻlagining ochilishi nafaqat Ozarbayjonda, balki butun turkiy dunyoda yangi bosqichning boshlanishi sifatida koʻrilmoqda. Yevropa va Osiyoni bogʻlaydigan asosiy yoʻnalish turk dunyosi oʻrtasida koʻprik boʻladi[13].
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Zangazur yoʻlagining ochilishi munosabati bilan soʻzlagan nutqida shunday dedi: „Zangazur yoʻlagining yaratilishi bizning milliy, tarixiy va kelajakdagi manfaatlarimizga toʻla javob beradi… Shu tarzda Ozarbayjon xalqi 101 yil oldin bizdan olingan Zangazurga qaytadi“[14].
Naxichevan-Kars temir yoʻlining qurilishi ikki mamlakat oʻrtasida transport va aloqa aloqalarini kuchaytirish, tiklash, transport vositalari va yuklarni har ikki yoʻnalishda erkin harakatlanish imkonini beradi, bu bilan Naxichevan mintaqaviy transport tizimining asosiy subʼektiga aylanadi. Yaʼni, Turkiya va Ozarbayjon oʻrtasidagi transport aloqalarini yanada kengaytirish, Turkiya tomonidan Ozarbayjon bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar nafaqat iqtisodiy, balki mintaqa xavfsizligi va barqarorligini oshiradi. Bularning barchasi har ikki mamlakat qudratini oshiribgina qolmay, mintaqada transport infratuzilmasining rivojlanishiga zamin yaratadi. Kars-Igdir-Aralik-Diluju-Sadarak-Naxichevan-Julfa temir yoʻl liniyasi Naxichevan Avtonom Respublikasining eksport imkoniyatlarini oshiradi va Naxichevanni mintaqaning muhim tranzit markaziga aylantiradi, uni Xitoy, Yevropa mamlakatlari, shuningdek Fors koʻrfazi mamlakatlari bilan bogʻlaydi[15].
Horadiz-Jabroil-Zangilan-Agʻbend avtomobil yoʻli ham Qorabogʻ va Sharqiy Zangazur hududida amalga oshirilgan va Ozarbayjonning bosib olingan tuman va qishloqlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim rol oʻynaydigan 10 ta yoʻl infratuzilmasi loyihalaridan biri hisoblanadi. Yangi Horadiz-Jabroil-Zangilan-Agʻbend avtomagistrali ishgʻoldan ozod boʻlgan Fuzuliy, Jabroyil va Zangilan tumanlari hududidan oʻtadi va bu yoʻldan hozirda qurilayotgan Ahmadbeyli-Fuzuliy-Shusha, Shukurbeyli-Jabroil-Hadrut va Xudafarin-Gubadli-Lochin avtomobil yoʻllari aynan shu yoʻldan boshlanadi[16].
Shuningdek, Horadiz-Jabroil-Zangilan-Agʻbend avtomagistrali strategik ahamiyatga ham ega. Hojigabul-Horadiz-Agʻbend-Zangazur yoʻlagi avtomagistrali tarkibiga kiruvchi bu yoʻl Zangilanni Ozarbayjon va Naxichevan Avtonom Respublikasining boshqa viloyatlari bilan bogʻlash nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega. Fuzuliy tumani Ahmadbeyli qishlogʻidan boshlangan avtomobil yoʻlining uzunligi 124 kilometrni tashkil etadi[17].
Qorabogʻni rivojlantirish rejasiga koʻra, Horadiz-Jabrail-Zangilan-Agʻbend avtomagistrali texnik darajaga mos ravishda 6 va 4 qatorli qilib qurilmoqda. Yoʻlning birinchi 76 kilometrlik qismi 3 tadan qarama-qarshi yoʻnalishli yaʼni 6 qatorli, qolgan 48 kilometrlik qismi 2 tadan qarama-qarshi yoʻnalishli, yaʼni 4 qatorli boʻladi[18].
Zangazur yoʻlagi ham turk dunyosi, ham mintaqa davlatlari uchun kelajakka ochilgan darvozadir. Kavkazni tinchlik va taraqqiyot mintaqasiga aylantirishda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga ega boʻladigan bu yoʻlakdan oʻtuvchi transport, kommunikatsiya, infratuzilma loyihalari butun turkiy dunyoni birlashtirish bilan birga boshqa mamlakatlar uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratadi.
Ozarbayjonning tarixiy hududi Zangazur orqali oʻtadigan kommunikatsiyalar mintaqaning tranzit xaritasiga muhim yangiliklarni kiritadi. Rossiya, Xitoy, Eron, Yevropa Ittifoqi va boshqa mamlakatlar uchun mintaqada yangi transport imkoniyatlarini yaratish kabi strategik ahamiyatga ega boʻlgan Zangazur koridori samarali transport infratuzilmasi boʻlib, xorijiy kompaniyalarning mintaqaga sarmoya kiritish istagini sezilarli darajada oshiradi.
Zangazur yoʻlagining ishga tushirilishi turkiy dunyo yalpi ichki mahsuloti hajmining oshishiga olib keladi, Turkiyadan boshlab, quruqlik yoʻllari orqali Ozarbayjon bilan, soʻngra Kaspiy dengizi orqali Markaziy Osiyo mamlakatlariga chiqish imkonini yaratilishini taʼminlaydi[19].
Zangazur yoʻlagining poydevorini yotqizish
[tahrir | manbasini tahrirlash]26 oktabr 2021-yilda Ozarbayjon Respublikasi hududida Horadiz-Jabrail-Zangilan-Agʻbend avtomagistrali – Zangezur yoʻlagiga asos solindi[20].
Zangazur yoʻlagi xalqaro hujjatlarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yilning 15 iyunida Shusha shahrida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon oʻrtasida Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya imzolandi. Deklaratsiyada boshqa sohalar bilan bir qatorda savdo-iqtisodiy aloqalarga oid masalalar ham oʻrin olgan. Deklaratsiyada aqlli transport tizimi texnologiyalaridan foydalangan holda xalqaro transport yoʻlaklarining Ozarbayjon-Turkiya qismida tranzit va transport salohiyatini yanada rivojlantirish, Ozarbayjon va Turkiyani bogʻlaydigan Zangazur yoʻlagini ochish, mintaqada transport-kommunikatsiya aloqalarini tiklash, xalqaro transport yoʻlaklarini targʻib qilish kabi dolzarb masalalar ham nazarda tutilgan[21].
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi Bosh kotibi Bagʻdod Amreyev: yana bir bor aminmanki, Ilhom Aliyevning rahbarligi va qatʼiyati tufayli turkiy dunyoni bogʻlovchi Zangazur yoʻlagida barpo etiladigan transport, kommunikatsiya, infratuzilma loyihalari aʼzo davlatlar, shuningdek, mintaqadagi barcha davlatlarning iqtisodiy rivojlanishiga, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga muhim hissa qoʻshadi[22].
Iqtisodiy afzalliklari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zangazur yoʻlagi nafaqat Kavkaz, balki kengroq maʼnoda mintaqa uchun ham strategik ahamiyatga ega boʻladi.
Ushbu loyiha 1,1 trillion dollardan ziyod nominal yalpi ichki mahsulot boʻlgan turkiy tilli mamlakatlarni strategik va iqtisodiy jihatdan bogʻlaydigan yoʻlakni yaratishdan iborat. Turkiya 761,4 mlrd., Qozogʻiston 181,7 mlrd., Oʻzbekiston 57,9 mlrd., Ozarbayjon 48 mlrd., Turkmaniston 48 mlrd. va Qirgʻiziston 8,5 mlrd. dollar nominal YAIMga ega boʻlib, Zangazur yoʻlagi yetarli darajada katta iqtisodiy salohiyat va tabiiy resurslarga ega mintaqani birlashtiradi. Turkiya, bu yoʻlak yordamida asosiy iqtisodiy hamkorlaridan biri Ozarbayjonga toʻgʻridan-toʻgʻri quruqlikdagi marshrutni amalga oshiradi. Shubhasiz, bu, oʻz navbatida, ikki tomonlama iqtisodiy va turistik aloqalarning tezroq rivojlanishiga sharoit yaratadi. Boshqa tomondan, Zangazur yoʻlagi Turkiya uchun Oʻrta Osiyoga savdo darvozasi vazifasini ham oʻtaydi va bu oʻlkaning turk dunyosi bilan iqtisodiy aloqalarini mustahkamlashga imkon beradi[23]. Armaniston esa Zangazur yoʻlagining aytib oʻtilgan ustunliklaridan foydalansa, boshqacha aytganda mintaqaviy hamkorlikni maʼqul koʻrsa, ijtimoiy-iqtisodiy sohada ijobiy koʻrsatkichlarga erishishi mumkin. Avvalo, u iqtisodiy qamaldan chiqib, iqtisodiy taraqqiyotini amalga oshirish imkoniga ega boʻladi[24].
Qorabogʻda urush harakatlarini toʻxtatish haqida
[tahrir | manbasini tahrirlash]İkkinci Qorabogʻ urushining yakuni sifatida imzolangan Qorabogʻdagi urush harakatlarini toʻxtatish toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning 9-moddasida Ozarbayjonning gʻarbiy hududlari bilan Naxichevan Avtonom Respublikasi oʻrtasida transport aloqalarini taʼminlaydigan yoʻlak yaratilishi qayd etilgan. 9-modda:
Viloyatdagi barcha iqtisodiy va transport aloqalari toʻsiqdan chiqariladi. Armaniston Ozarbayjonning gʻarbiy hududlari va Naxichevan avtonom Respublikasi oʻrtasidagi transport aloqalarini kafolatlaydi. Transport nazorati Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmatining chegara xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi
Deklarasiya shartlariga koʻra, Zangazur yoʻlagi 5 km kenglikdagi Lachin yoʻlagidan farqli ravishda hududiy yoʻlak emas, transport yoʻlagi vazifasini oʻtaydi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Leyla Rashid. NATO doirasida mintaqaviy xavfsizlikning Ozarbayjon-Turkiya modeli. Xalq gazetasi – 2021. – Sentyabr 16. 197-son. – s. 6[25].
- Shuhrat Salomov „Zangazur-turkiy dunyo darvozasi“ −2022
- Nozim Mustafo. Ikki qardosh davlat mushtarak tarixining yorqin sahifalari 15 sentyabr – Bokuni ozod qilish kuni. Xalq gazetasi. – 2021.- Sentyabr 15. 196-son. – s. 5[26].
- Vagif Bayramov. Qudratli Ozarbayjon kuchli mintaqa demakdir. Xalq gazetasi. – 2021.- Sentyabr 21. – No. 201. – s. 1-2[27].
- Vagif Bayramov. Ozarbayjon Qorabogʻni tiklash missiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Xalq gazetasi. – Sentyabr 2021-18. 199. – s. 1-2[28].
- Ittifoq Mirzabeyli. „Qorabogʻ Turk dunyosining rivojlangan mintaqalaridan biriga aylanadi“ Xalq gazetasi. – 2021. – Sentyabr 12. 194-son. – s. 1,4[29].
- Ceyhun Mamadov, Ozarbayjon barcha strategik maqsadlarni amalga oshirishga qodir! Xalq gazetasi. – 2021.- Sentyabr 26. – 206-son. – s. 10[30].
- Rashod Baxshaliyev. Ilhom Aliyevning BMT Bosh Assambleyasi sessiyasidagi nutqi yengilmas qatʼiyat ifodasi boʻldi. Ozarbayjon. – 2021.- Sentyabr 25. – 205-son. – s. 1,7[31].
- Qudrat Karimov. Oʻz xalqiga abadiy gʻalaba keltirgan rahbar, 44-kun Vatan urushi xalqimizning buyukligi va gʻururini yana bir bor tasdiqladi. Ozarbayjon. – 2021.- Sentyabr 26. – 206-son. – s. 1,4.,
- Lola Huseynova. Qorabogʻ va Sharqiy Zangazur Ozarbayjondir! Ozarbayjon Armiyasi.-2021.-25 avgust.- 66-son.- s. 5[32].
- Karim Shukurov. Tarixiy Gʻalabadan Buyuk Qaytishga. Xalq gazetasi. – 2021.- Sentyabr 2. 185-son. – s. 1-2[33].
- Ainura Panahgizi. Zangazur yoʻlagi ochiladi, chunki bu faqatgina Armaniston va Ozarbayjon masalasi emas. Sharq.-2021.-31 avgust.- 155-son.- s.7[34].
- Akbar Qoshali. Ozarbayjon haqiqatlari butun turk dunyosiga yoyilishi kerak. Xalq gazetasi. – 2021.- 9 sentyabr. 191-son. – s. 3.
- Isa Habibbeyli. Buyuk qaytishning haqiqat va chaqiriqlari. Ikki sohil.-2021.-10 sentyabr.- 163-son.- s.8[35].
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Alekperli, Aziz. Qadimiy turkiy – og’uz vatan «Armaniston» (Azerbaijani). Boku: Sabax, 1994.
- Bayramov, Ibrohim. G’arbiy Ozarbayjonning turkiy kelib chiqishi toponimi (PDF) (Azerbaijani), Boku: «Elm» nashriyoti — 696-bet.
- Ragimogli, Хаbib. Unutilmas ismlar, bitmas yaralar (Azerbaijani). Boku: Azerneshr, 1997.
- Budagov, B.А.; Geybullaev, G.A.. Armanistonda Ozarbayjonchadan kelib chiqqan toponimlarning tushuntirishli lug’ati (Azerbaijani). Boku: Oguz eli, 1998.
- Armanistonlik ozarbayjonlarning tarixiy geogragfiyasi (Azerbaijani). Boku: Gyandjlik, 1995.
- Aliyev, Vilayat. Zangezurda qoldirilgan izlar (PDF) (Azerbaijani), Boku: Nurlan, 2004.
- Guliyev, Мusa. Zangezur (PDF) (Azerbaijani), Boku: Ilmiy – Poligrafik Markaz “Nurlar”, 2005 — 504-bet.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Zangezur uyezdi (Ozarbayjoncha)
Xorijiy oʻtishlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ozarbayjon tarixi (Wayback Machine saytida 2020-11-01 sanasida arxivlangan)
- Zangezur tarixi (Wayback Machine saytida 2019-12-04 sanasida arxivlangan)
- Zangezur hamisha Haydar Aliyevning diqqatida boʻlgan (Wayback Machine saytida 2007-05-17 sanasida arxivlangan)
- Tashqi Ishlar Vazirligi, Qadimiy Ozarbayjon (Wayback Machine saytida 2008-07-29 sanasida arxivlangan)
- zengezur.com (Wayback Machine saytida 2017-03-28 sanasida arxivlangan)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „III Statisyik ma’lumotlar bo’limi“, 1990-yilga Kavkaz yilnomasi (Russian), Elizavetpol guberniyasi, 1900 — 42-43-bet. , Kavkaz aholisining oilalar ro’yhatidan olingan statistik ma’lumotlar to’plami (Russian), Tiflis, 1888 — V-bet.
- ↑ Doroga Mgera. Armyanskie legendi i predaniya, Moskva, 1990, str. 22.
- ↑ 3,0 3,1 Yoʻqolgan tarixiy maskanlar: Zangezur, 2011-07-25da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-03-27
- ↑ Мusaev, Ismayil. Ozarbayjonning Naxichevan va Zangezur viloyatlaridagi siyosiy ahvol va xorijiy mamlakatlar siyosati (1917-1921-yillar) (Azerbaijani), Boku, 1998 — 284-bet.
- ↑ Skibitskiy, А.М.. Qorabog’ inqirozi (Russian). Soyuz (1991)., Geydarov, Nazar. Zangezur tog’larida (Azerbaijani), Boku, 1986 — 3-bet.
- ↑ Zangezur yoʻqotilganidan 90 yil keyin, 2011-07-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-03-27
- ↑ Azerbaijan President message to Armenia
- ↑ „Zəngəzur dəhlizi: Bakı və Ankara nə qazanacaq?“. 2021-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-iyul.
- ↑ 9,0 9,1 „Zəngəzur dəhlizi bölgədə regional işbirliyi“. www.respublica-news.az. 2021-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29 oktyabr 2021. (Wayback Machine saytida 2021-11-03 sanasida arxivlangan)
- ↑ Azərbaycanın tarixi Zəfəri
- ↑ İlham Əliyev halqa müraciət edib
- ↑ „Azərbaycan ordusu şanlı zəfər çaldı“. 2021-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-dekabr.
- ↑ Zəngəzur dəhlizinin açılması ilə tarixi ədalət bərpa olunacaq
- ↑ Dövlət başçısı: „Azərbaycan xalqı 101 il bundan əvvəl bizim əlimizdən alınmış Zəngəzura qayıdacaq“
- ↑ Naxçıvan üzərindən Türkiyəyə çəkiləcək dəmiryolu xətti: „Böyük oyunçuların qazancı daha çox olacaq“
- ↑ Horadiz-Cəbrayıl-Zəngilan-Ağbənd avtomobil yolunun tikintisi davam edir
- ↑ Horadiz-Cəbrayıl-Zəngilan-Ağbənd avtomobil yolunun tikintisi davam edir
- ↑ Qarabağın sürətlə bərpası Azərbaycanın iqtisadi gücünü nümayiş etdirir
- ↑ Türk dünyası uzun illərdən sonra yenidən Zəngəzur dəhlizi vasitəsilə birləşəcək
- ↑ Horadiz-Cəbrayıl-Zəngilan-Ağbənd avtomobil yolunun tikintisi sürətlə davam etdirilir
- ↑ Azərbaycan ilə Türkiyə arasında müttəfiqlik münasibətləri haqqında Şuşa Bəyannaməsi imzalanıb
- ↑ Türkdilli Dövlətlərin Əməkdaşlıq Şurasının Baş katibi Bağdad Amreyevdən
- ↑ Qafqaz və region üçün yeni NƏFƏS
- ↑ Zəngəzur Dəhlizi Ermənistan üçün niyə vacibdir?
- ↑ NATO çərçivəsində regional təhlükəsizliyin Azərbaycan-Türkiyə modeli
- ↑ İki qardaş ölkənin ortaq tarixinin parlaq səhifələri
- ↑ Güclü region qüdrətli Azərbaycan deməkdir
- ↑ Azərbaycan Qarabağı bərpa etmək missiyasını uğurla həyata keçirir
- ↑ „Qarabağ türk dünyasının inkişaf etmiş bölgələrindən birinə çevriləcək“
- ↑ Azərbaycan bütün strateji məqsədləri həyata keçirməyə qadirdir!
- ↑ BMT Baş Assambleyasının 76-cı sessiyasında Prezident İlham Əliyev qalib ölkənin Lideri kimi dünyaya mühüm mesajlar verdi
- ↑ İlham Əliyev və birinci xanım Mehriban Əliyeva Kəlbəcər və Laçın rayonlarında olublar
- ↑ Tarixi Zəfərdən Böyük Qayıdışa
- ↑ Zəngəzur dəhlizi açılacaq
- ↑ Böyük Qayıdışın reallıqları və çağırışları