Zamira Suyunova
Zamira Rajabovna Suyunova (1958-yil 27-iyunda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik qoʻshiqchi. Oʻzbekiston xalq artisti (1999). Dutorchi qizlar ansambli repertuari shakllanishida xonanda (1979-yildan), musiqa rahbari (1984-yildan) va badiiy rahbar (1995—2002) sifatida xizmatlari alohida. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida oʻqituvchi, dotsent (2004-yildan). 2019-yil „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zamira Suyunova 1958-yil 27-iyunda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi Shatri qishlogʻida oʻqituvchi Rajab Suyunov xonadonida tugʻilgan. Oʻn bir farzandning beshinchisi.
Toshkent konservatoriyasini xor dirijyorligi ixtisosligi boʻyicha tugatgan (1981). Oʻzbek ashulachilik sanʼati sirlarini Gʻ. Toshmatov, K. Ismoilova, A. Ismoilovlardan oʻrgangan.
Jarangdor, butun diapazonida tiniq ovozga ega boʻlib, maqom yoʻllari („Dugoh Husayn“, „Savti Chorgoh“, „Saraxbori Dugoh taronasi“ va boshqalar), xalq ashula, yalla va laparlari („Yoʻl boʻlsin“, „Yoryor“ va boshqalar), ayniqsa, bastakorlar asarlari (Gʻ.Toshmatovning „Baxtimdan“, A. Ismoilovning „Oybuloq“, „Bilmam, adashdimmi“, „Alla“, „Ayol qalbi“ va boshqalar)ni nozik did bilan va badiiy taʼsirchan talqin etgan. Bastakor sifatida bir qator („Vatan ishqi“, „Alla“, „Gul ochilsa“, „Ona boʻlib“ va boshqalar) qoʻshiq va ashulalar yaratgan. Ijrolari Oʻzbekiston radiosi fonojamgʻarmasiga, 3 grammplastinka, bir necha audiokassetalarga yozilgan. Uning hayoti va ijodiga bagʻishlangan telefilm va videofilmlar suratga olingan. Angliya, Fransiya, Ispaniya va Germaniyada gastrodda boʻlgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |