Zamira Nishanova
Zamira Nishanova | |
---|---|
Tavalludi |
14-dekabr 1961-yil Zangiota tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti |
Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | psixologiya fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Zamira Taskarayevna Nishanova (1961-yil 14-dekabr, Zangiota tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, psixologiya fanlari doktori, professor
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zamira Nishanova 1961-yil 14-dekabr Zangiota tumani Nazarbek qishlogʻida xizmatchi oilasida tugʻilgan. 1978—1984-yillarda Toshkent davlat universiteti falsafa-iqtisod fakulteti psixologiya boʻlimini tugatgan[1]. 1990—1991-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti „Umumiy psixologiya“ kafedrasi qoshida tashkil etilgan „Maktabda psixologik xizmatni tashkil etish“ ilmiy laboratoriyada kichik ilmiy xodim, 1991—1993-yillarda aspirant, 1993—2000-yillarda „Umumiy psixologiya“ kafedrasi oʻqituvchisi, 1999—2002-yillarda Nizomiy nomidagiToshkent davlat pedagogika universiteti doktoranti, 2003—2005-yillarda „Psixologiya“ kafedrasi, 2008—2010-yillarda „Umumiy psixologiya“ kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritgan. 2008-yildan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professori[1].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1993-yilda „Yuqori sinf oʻquvchilarining aqliy faoliyat usullari va yoʻllarini egallash“ mavzusida pnomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2005-yilda „Mustaqil ijodiy fikrlashning psixologik asoslari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasni yoqlab, psixologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. 2000-yilda dotsent, 2008-yilda professor ilmiy unvoni berilgan[1]. Yigirmadan ortiq monografiya, oʻquv qoʻllanma va darsliklar muallifi. 2016-yilda Xalqaro psixologlar asosisyasiyasi tomonidan Zamira Nishanovaga akademik unvoni berilgan[1].