Kontent qismiga oʻtish

Zamindoʻzi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Zamindoʻzi – zardoʻzlikda tikish usuli. Bezatiladigan buyum yuzasi (guli va zamini) kashta bilan sidirgʻa qoplab tikiladi. Bunda kashta toʻgʻridan-toʻgʻri matoga yoki mato ustidagi toʻshama (siddiy) ustidan zar, kumush yoki ipak iplar bilan tikiladi. Zamindoʻzida mayda handasiy shakllar („chashmi bulbul“, „chordarchor“, „shashxol“, „sambusa“ va b.), diagonal va zigzag yoʻllar („mavji yakroʻya“, „mavji duroʻya“, „mavji chashmi bulbul“ va b.) hosil qiladigan bezak choklardan foydalaniladi. Zamindoʻzida badiiy anʼanalar, zardoʻz ustaning mahorati namoyon boʻladi. Zamindoʻzi 19-asrda saroy amaldorlarining kiyimlarini tayyorlashda keng qoʻllangan. Hozir Zamindoʻzi asosan, guldoʻzi usulida bezatiladigan buyumlarning ayrim boʻlaklarini tikishda ishlatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil