Kontent qismiga oʻtish

Zakia Zaki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zakia Zaki
Tavalludi 1972
Afg'oniston
Vafoti Iyun 4, 2007
Jabal Saraj, Jabal Saraj tumani, Parwan, Afg'oniston
Fuqaroligi Afgʻoniston[1]
Kasbi Jurnalist
Faoliyat yillari 8 yil
Turmush oʻrtogʻi Abdul Ahad Ranjabr
Bolalari 6 nafar

Zakia Zaki (taxminan 1972-yil – 2007-yil) Afgʻonistonning Kobul shimolidagi Afgʻoniston Tinchlik radiosi (Sada-i-Sulh) stansiyasining afgʻon jurnalisti edi. Zakia AQSh kuchlari Afgʻonistonda urush boshlaganidan keyin (2001-yildan hozirgi kungacha) Tolibonga qarshi chiqqan birinchi afgʻon jurnalisti deb tan olingan, shu bilan birga u Afgʻonistonda gender tengligi va ayollar huquqlari kabi masalalar boʻyicha kurashgan, ayollarni himoya qilish uchun harakat qilgan. Uning oʻldirilishi maʼnaviyatli, oʻz haq-huquqini himoya qila oladigan afgʻon ayollariga qarshi uyushtirilgan hujumlarning bir namunasi sifatida koʻrilgan[2].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zakiya Zaki oʻz jamiyatida mustaqil va faol ayol sifatida tanilgan. 35 yoshli ayol Afgʻoniston Tinchlik radiosi asoschisi boʻlish bilan birga mahalliy maktabning direktori ham boʻlgan[3]. Zakia va uning turmush oʻrtogʻi Abdul Ahad Ranjabrning olti farzandi – toʻrt oʻgʻil va ikki qizi boʻlgan. Oila Kobuldan 40 mil shimolda boʻlgan Parvonda istiqomat qilgan[4].

Jurnalistlikdan tashqari, Zaki maktab oʻqituvchisi ham boʻlgan va 2005-yilda parlament saylovida qatnashgan[5]. Afgʻonistonning Parvon, Jabal Saraj tumani, Jabal Saraj shahridagi Afgʻoniston Tinchlik Radiosi (Sada-i-Sulh) asoschilaridan biri hamda faol jurnalisti boʻlgan. Telekanal AQSh tomonidan moliyalashtirilgan. Radioda koʻpincha ayollar huquqlari va Tolibon isyonlari kabi munozarali masalalar boʻyicha eshittirishlar olib borilgan. Qoʻshma Shtatlar har kungi 6 soatlik radioeshittirishni yashirin ravishda moliyalashtirdi. Afgʻoniston „Tinchlik“ radiosi 2001-yil oktabr oyida Tolibonning dastlabki qulashi ortidan boshlangan[6]. Mahalliy sarkardalar va konservatorlar radiostansiyani yopmoqchi boʻlishdi va Zaki oʻldirilishidan bir necha kun oldin unga oʻlim bilan tahdid qilishdi[7][8].

Zakia Zaki is located in Afghanistan
Zakia Zaki (Afghanistan)

Zaki 2007-yil aprel oyida Kobul tashqarisida yashab turgan oʻz uyida oʻldirilgan. Zakiya Zakiga oʻldirilishidan oldin radiodagi faoliyatini toʻxtatmasa, oʻldirilishi bilan tahdid qilingan edi. 2007-yil 4-iyunda yarim tunda toʻpponcha va miltiq bilan qurollangan uch kishi Zakining uyiga kirib, u uxlab yotgan vaqtida boshi va koʻkragiga 7 marta oʻq uzib qochib ketishgan. Uning olti nafar farzandidan ikkitasi oʻsha xonada boʻlgan, biroq ular hech qanday jarohat olmagan. Zaking 7-8 yoshli oʻgʻli otasiga qoʻngʻiroq qilib, Zakining oʻlimi haqida xabar bergan. Zakini oʻldirishga aloqador boʻlgan uchta qurolli shaxs hech qachon aniqlanmagan.

Uning oʻldirilishi Afgʻoniston bosh vaziri tomonidan "terror hujumi " deb baholangan[9] Afgʻonistondagi terrorizmga qarshi operatsiyalar boʻlimi boshligʻi Abdul Manan Farahining aytishicha, Zakining oʻldirilishi boʻyicha hibsga olingan gumonlanuvchilar Hizb-i Islomiyga aloqador deb hisoblangan.

Zakia Zaki Tolibon hukmronligi davrida oʻz fikrlarini erkin bildira olgan kam sonli ayol jurnalistlardan biri edi. Shakaiba Sanga Amaj (baʼzan Shakiba deb ham ataladi) Kobulda joylashgan yana bir jurnalist ayol edi. Amaj 22 yoshda boʻlib, Zakining ashaddiy raqibi edi. Amajning oʻldirilishi Zakinikidan atigi olti kun oldin 1-iyunda sodir boʻlgan[7]. 2001-yilda Tolibon qulaganidan keyin Afgʻonistonda ayollarning hayoti biroz yaxshilandi, biroq haligacha ayollarning omma eʼtiborida boʻlish gʻoyasini rad etib keladi[10].

  • Afgʻonistondagi urushda halok boʻlgan jurnalistlar roʻyxati (2001 yildan hozirgi kungacha)
  1. (unspecified title)
  2. „Husband reveals threats to Afghan journalist“. BBC News (2007-yil 14-iyun). Qaraldi: 2016-yil 12-sentyabr.
  3. „Afghanistan: Another journalist killed in Afghanistan“. AsiaNews.it (2007-yil 7-iyun).
  4. Sienkiewicz, Matt. The Other Air Force: U.S. Efforts to Reshape Middle Eastern Media Since 9/11. Rutgers University Press, 2016 — 118–119-bet. 
  5. Walsh. „Second female Afghan journalist killed in five days“ (2007-yil 6-iyun).
  6. „Afghan woman radio head shot dead“ (2007-yil 6-iyun).
  7. 7,0 7,1 „Female Afghan journalist shot dead“. Al Jazeera (2007-yil 5-iyun).„Female Afghan journalist shot dead“. Al Jazeera. June 5, 2007.
  8. John-Paul Ford Rojas. „Marie Colvin killed in Syria: other female journalists killed“. The Telegraph (UK) (2012-yil 22-fevral).
  9. „High profile woman radio boss murdered“. Reporters Without Borders (2007-yil 6-iyun). 2021-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  10. Tang. „Afghan women targets of violence“. SeattlePI (2007-yil 26-iyun).