Kontent qismiga oʻtish

Yusufxon o‘g‘li Qosimxon (Afsonalar vodiysi) masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Yusufxon o‘g‘li Qosimxon (Afsonalar vodiysi) masjidi
Yusufxon o‘g‘li Qosimxon
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Namangan shahri
Manzil G'alaba ko'chasi
Koordinatalar 41,00312° N, 71,61862° E
Masjid turi Jomeʼ-masjid
Meʼmoriy uslub Hi-tech, zamonaviy arab meʼmorchiligi
Binokorlik 20172021
Soʻngi imom Musoxon Abbasiddinov
Umumiy maydoni 4 gektar
Oʻlchami 2000x700
Gumbazlar soni 1
Gumbazlar soni 1
Minoralar soni 2
Minoralar soni 2
Minoralar balandligi 2x40 metr
Qurilish materiali Oq marmar, granit, gʻisht
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Yusufxon o‘g‘li Qosimxon jome masjidi — Namangan viloyati Namangan shahrida 20 ming kvadrat metr joyda qurilgan. Uning hovlisining umumiy maydoni 4 gektarni tashkil etadi. Shundan 2 gektari 700 o‘rinli avtoturargoh uchun mo‘ljallangan. Bir vaqtning o‘zida 15 ming namozxon ibodat qilishi mumkin. Xonaqohning o‘ziga 4,5 ming kishi sig‘adi. Shuningdek, 100 kishiga xizmat qiladigan tahoratxona ham mavjud[1].

Turkiyalik tajribali arxitektorlar tomonidan yaratilgan loyiha asosida bunyod etilgan. Masjid qurilishi 2017-yilda boshlanib 2021-yilda yakunlangan[2][3].


Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu joyda X asrlarda Buyuk ipak yo‘lida katta karvonsaroy bo‘lgan[4]. Uning ichida masjid ham bo‘lgani qayd etilgan. Imom-xatib: Maqsudali Qosimov Musoxon Abbasiddinov