Kontent qismiga oʻtish

Yuriy Pereskokov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yuriy Pereskokov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Yuriy Valentinovich Pereskokov
Tavallud sanasi 15-may 1963-yil
Tavallud joyi Moskva, SSSR
Vafot sanasi 23-iyun 2023-yil(2023-06-23)
(60 yoshda)
Vafot joyi Tula, Rossiya
Boʻyi 185 cm (6 ft 1 in)
Ampluasi Darvozabon
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
. FSM (Moskva)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1980 CSKA (Moskva) 0 (0)
1980—1982 Dinamo (Kirov) 7 (0)
1983 Spartak (Moskva) 0 (0)
1983—1986 Krasnaya Presnaya (Moskva) 72 (0)
1987 Neftchi (Boku) 1 (0)
1988 Fakel (Voronej) 39 (0)
1989—1990 Spartak (Vladikavkaz) 71 (0)
1991—1992 Paxtakor 26 (0)
1993—1994 Lokomotiv (NN) 0 (0)
1998—1999 Lokomotiv (NN) 0 (0)
Boshqargan klublari
1995—1999 Lokomotiv (NN)
2001 Norilsk nikel (mini)
2002—2003 Chernomorets (Novorossiysk)
2003—2007 Spartak (Moskva)
2007—2008 Ximki
2009—2010 Lokomotiv (Astana)
2010—2013 Dinamo (Bryansk)
2014 Kaluga
2014—2021 Ufa
2021—2023 Arsenal (Tula)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Yuriy Valentinovich Pereskokov (1963-yil 15-may, Moskva – 2023-yil 23-iyun, Tula) – sovet va rus futbolchisi. U darvozabon sifatida oʻynadi. Davlat menejment universitetini „Jamoaviy sport turlarida menejment“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan[1].

Yuriy Pereskokov FSM Moskva jamoasining futbol maktabu tarbiyalanuvchsi. Faoliyatini CSKA (Moskva) jamoasida boshlagan. Yuriy faqat o'rinbosarlar jamoasida oʻynagan. Keyinchalik Yuriy birinchi liganing „Dinamo“ (Kirov) klubiga oʻtgan va Kirov jamoasi tarkibida 6 ta oʻyin oʻtkazgan. 1983-yilda Yuriy Moskvaning „Spartak“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. Qizil-oqlar safida ikkita oʻyin oʻtkazgan. Birinchi jamoa tarkibi uchun Andrey Mixalichevga raqobatda yutqazgan va olti oydan keyin Krasnaya Presnya jamoasiga koʻchib oʻtgan[2]. Krasnaya Presnaya klubida Oleg Romantsev boshchiligida jamoaning asosiy tarkib oʻyinchisiga aylangan. 1987-yilda Pereskokov Bokuning „Neftchi“ jamoasiga koʻchib oʻtgan va Boku klubi tarkibida SSSR chempionati oliy ligasida debyut qilgan. Keyinchalik Yuriy „Fakel“ (Voronej), „Spartak“ (Vladikavkaz) va „Paxtakor“ klublarida oʻynagan. Faoliyatini Nijniy Novgorodning „Lokomotiv“ klubida yakunlagan.

Pereskokov futbolchilik faoliyatini yakunlagach, „Lokomotiv“da qoldi va u yerda darvozabonlar murabbiyi sifatida ishlay boshladi. 1998 va 1999-yillarda u klub futbolchisi sifatida qayd etilgan, biroq birorta ham oʻyin oʻtkazmagan[3].

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2001-yil apreldan dekabrgacha Pereskokov „Norilsk Nikel“ mini-futbol klubida bosh murabbiy boʻlib ishlagan. 2002-yildan 2003-yil iyuligacha Novorossiysk Chernomorets jamoasida darvozabonlar murabbiyi boʻlib ishlagan.

Keyinchalik Moskvaning „Spartak“ klubida darvozabonlar murabbiyi boʻlib ishlagan[4]. 2007-yilning mart oyida klub sport direktori Sergey Shavlo Pereskokovni „Spartak“ klubining o'rinbosarlar jamoasi darvozabonlariga murabbiylikka oʻtkazgan[5], shundan soʻng Pereskokov klubdan isteʼfoga chiqqan[6]. Keyinchalik Pereskokov Moskva viloyatining „Ximki“ klubi bilan darvozabonlar murabbiyi sifatida shartnoma imzolagan[7].

2009-yil mart oyida Pereskokov „Lokomotiv“ darvozabonlar murabbiyi boʻlgan. 2010-yil sentyabridan Bryanskning „Dinamo“ klubi darvozabonlar murabbiyi[8], 2014-yilning iyunidan Ufa darvozaboni murabbiyi bo'lgan[9].

2023-yil 23-iyunda vafot etgan[10].

  • RSFSR kubogi gʻolibi: 1985-yil