Yuriy Ivliyev
Qiyofa
Yuriy Ivliyev (1923.17.4, Toshkent - 1945.11.2, Grodno) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 1940-yildan armiyada. 1942-yildan frontda. 312-shturmchi aviatsiya polki (2-Belorussiya fronti 4-havo armiyasining 233-shturmchi aviatsiya diviziyasi)ning eskadrilya komandiri. Ivliyev 120-marta jangovar parvoz qilib, dushmanning muhim harbiy nuqtalarini yakson qilgan. 1944-yil 26-oktabr da Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan. Ivliyev 1945-yil 29-yanvar da jangovar topshiriqni bajarish paytida halok boʻlgan. Toshkentdagi koʻchalardan biri Ivliyev nomi bilan yuritiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |