Yukka
Qiyofa
Yukka – piyozgullilarga mansub koʻp yillik daraxtsimon oʻsimliklar turkumi. Yu.ning 50 turi maʼlum. Markaziy Amerika va Shimoliy Amerikaning jan. qismida yovvoyi holda oʻsadi. Ipsimon Yu. (V. § 1opo8a) turi ekiladi. Ayrim turlari 800 yilgacha yashaydi. Poyasi yogʻochsimon, bal. 6–12 m. Ingichka, dagʻal barglar yigʻindisi (rozetka)dan iborat. Gulbandi 2 m, gacha, toʻpguli roʻvaksimon, gullari yirik, oq, mevasi 6 uyali chanoq, chetdan changlanadi. Tuproq tanlamaydi. Asosan, manzarali oʻsimlik sifatida parklarda, botanika bogʻlarida ekiladi. Bargidan arqon, dagʻal matolar tayyorlashda ishlatiladigan tola olinadi, ayrim turlarining gullaridan salat tayyorlanadi. Yu. bahorda ildizini boʻlish orqali yoki koʻchatidan koʻpaytiriladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |