Yozef Fraungofer

Yozef Fraungofer (Joseph Fraunhofer) (1787.6.3, Shtraubing 1826.7.6, Myunxen) — nemis fizigi. Bavariya Fanlar akademiyasi aʼzosi (1823). Mustaqil maʼlumot olgan. Myunxen matematika va optika instituti direktori (1818-yildan), Myunxen universiteti professor Asosiy ilmiy ishlari fizik optikaga oid. Fraungofer Quyosh va sayyoralarning spektrlarini oʻrgangan. Dispersiyani tadqiq qilishga, axromatik linza olishga muhim hissa qoʻshgan. Katta axromatik obʼyektivlar tayerlash texnologiyasini takomillashtirish, spektrometr, axromatik mikroskop, okulyar mikrometr va geliometrni ixtiro qilgan. Quyosh spektridagi qora chizikdar (fraungofer chiziqlari)ni birinchi boʻlib oʻrgangan, toʻlqin uzunligini oʻlchagan. Difraksion panjara ixtiro qilgan va uni parallel nurlar difraksiyasini tadqiq qilishda qoʻllagan.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |