Kontent qismiga oʻtish

Yorqinoy Hotamova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yorqinoy Hotamova (1941.23.2, Fargʻona shahri) – aktrisa, xonanda (lirik soprano). Oʻzbekiston xalq artisti (1991). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1970). 1958—60 yillar Fargʻona teatrida, 1960—70 yillar Oʻsh teatrida, 1971-yildan yana Fargʻona teatrida aktrisa. Fargʻona universitetining dotsenti (2001-yildan). Zulxumor („Ravshan va Zulxumor“) uning sahnada yaratgan birinchi obrazidir. Keyinchalik Zuhra („Tohir va Zuhra“), Kumush („Oʻtgan kunlar“), Dezdemona („Otello“), Raʼno („Mehrobdan chayon“), Aliman („Momo yer“), Oyxon („Maysaraning ishi“), Kimyo („Nurxon“), Oyparcha („Nodi-ra“), Barchinoy („Alpomish“), Qumri („Temir xotin“), Momo („Chimildiq“), Dilorom („Dilorom“), Xolposhsha („Qoʻsh kaptar“), Zumrad („Tanbur nolasi“) kabi rollarni ijro etdi. Hotamova ijodi koʻproq dramatik ob-razlar yaratishga moyilligi, qahramonlari xarakterining ijtimoiy va psixologik asoslarini chuqur ochib berishi, ularni ruhiy goʻzallik va hayotbaxsh ruh ila taʼminlashi bilan ajralib turadi. Hotamova filmlarda ham suratga tushgan (Ulgʻay ona „Bogʻ“ teleseriali, Mehriniso momo „Uvaysiy“ teleseriali va boshqa). Hotamova ijrosidagi „Yozgan xating qoʻlimda“, „Fargʻonadan qarayman“, „Sen ketding, firoq qoldi“, „Tong shamoli“, „Soʻzlasa“, „Zamonam mening“, „Samarqand ushshogʻi“ va b. qoʻshiqlari mashhur[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil