Yombi
Yombi (xitoycha "Yuan bao" — boylik toʻplashning boshlanishi) — quyma oltin va quyma kumush boʻlagi. Xitoyda birinchi pullar mil. av. 7-asrda paydo boʻlgan; ular kumushdan emas, balki mis (yoki bronza)dan kuyib tayyorlangan. Bu pullarning qiymati juda past boʻlib, bir misqol (3,7 g) kumushga 1000, qatto 2000 dona mis (bronza) pul almashtirilgan. Bu pullarning ogirligi yarim pud kelgan, 10—20 ming mis (bronza) pullarni hamyonda emas, balki otaravada tashishga majbur boʻlingan. Mil. 7—10-asrlarga kelib "Buyuk ipak yoʻli" boʻylab xalqaro savdosotiq rivojlangan davrda Xitoyda xalqaro valyuta (oltin va kumush) pullar oʻrnida quyma Yo.lardan foydalanilgan. Yo. pul emas, balki yirik savdosotiklarda toʻlov va boylik jamgʻarish vositasi boʻlgan. Yo.larning vazni bir xil emas, balki 5 g dan 2000 g gacha boʻlib, savdo muomalasida ularni tarozida tortib olingan. Yo.larning kattalari "Tuya tuyoq", "Ot tuyoq" deb atalgan, nisbatan kichiklari "Qoʻy tuyoq", 1885 yil Xitoyda chiqarilgan yombi. "Echki tuyoq", undan kichiklari esa "Chuchvara quloq" deb yuritilgan. Sof kumushdan tayyorlanganligini tasdiqlash uchun davlat tomonidan chikarilgan Yo.larga xitoy imperatori oʻz tamgʻasini bosgan. Agar Yo.larni shaxslar chiqargan boʻlsa, uning sofligini shahar va tuman hokimlari tasdiqlab, oʻz tamgʻasini bosgan. Shu bilan birga, kumush Yo.ni tayyorlagan shaxs va firmalar ham oʻz tamgʻasini bosib kafolat bergan. Yo.lar 19-asr oxirigacha Markaziy Osiyo va Xitoy savdo muomalasida keng yuritilgan. Oʻzbekiston Respublikasi oltin konlaridan qazib olinadigan oltinlar maxsus qoliplarga quyilib, Yo. holiga keltiriladi. Uning ogʻirligi 12 kg . [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |