Yoʻldosh Mamutov
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Yoʻldosh Mamutov (1914.2.11, Chimboy — 1991.12.5, Nukus) — qoraqalpoq aktyori. Oʻzbekiston xalq artisti (1957). Teatr sanʼati instituti (Moskva)ning Qoraqalpoq studiyasini tugatgach (1939), Qoraqalpoq teatrida aktyor va rejissyor M. koʻp qirrali aktyor boʻlib, ijodi tasviriy vositalarga boyligi bilan harakterlanadi. Aktyor sifatida Alpomish ("Alpomish"), Globa ("Rus kishilari"), Avaz ("Suymaganga suykanma"), Gʻarib ("Oshiq Gʻarib"), Berdaq ("Berdaq") kabi rollarni ijro etgan. "Oy-gul va Obod", "Berdaq" (J. Oymirzayev, J. Shomuratov), "Ipak qiz" ("Qizjibek", Gʻ. Musrepov), "Tugallanmagan portret" (S. Tojimurodov), "Yoshlikda bergan koʻngil" (3. Fatxullin), "Xotinimning eri" (G. Xugayev) kabi spektakllarga rejissyorlik qilgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureata (1974). ... MAH (yun. mania — shaydolik, ishqibozlik, qiziqish) — oʻzlashma qoʻshma soʻzlarning ikkinchi qismi boʻlib, birinchi qismdan anglashilgan biror narsaning ashaddiy ishqibozi degan maʼnoni bildiradi. [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |