Yoʻl belgilari
Yoʻl belgilari – haydovchilar, piyodalar, yoʻlovchilar, yoʻl taʼmirlovchilar, chorva mollarini haydab boruvchilarning avtomobil yoʻllari va shahar koʻchalarida harakatlanishini tartibga solish, ularni xavfli uchastkalar haqida ogohlantirish uchun tegishli joylarga osib qoʻyiladigan shartli belgilar. Yoʻllarda harakatlanishni tartibga solishga ilgaridan harakat qilingan. Otaravalar va izvoshlar oʻrnini avtomobillar va boshqa transport vositalari egallay borgan sari qoidalar, ulardagi belgilar ham takomillashib bordi. Yoʻl belgilaridagi grafiklar, texnik tafsilotlar 1968-yilda Venada oʻtkazilgan „Yoʻl belgilari va signallari haqidagi konvensiya“ hamda bu konvensiyani toʻldiruvchi Yevropa kelishuvi (1971, Jeneva) talablariga koʻra ishlab chiqildi. Oʻzbekiston Respublikasida 2001-yilda xalqaro meʼyorlar asosida, mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda yangi „Yoʻl harakati qoidalari“ ishlab chiqildi. Bu qoidalarga Y.b.ning quyidagi asosiy 4 ta guruhi:
- ogohlantiruvchi
- imtiyoz
- taqiqlovchi
- buyuruvchi
va undan tashqari axborot-ishora, servis, qoʻshimcha axborot belgilari kiritilgan.
Ogohlantiruvchi belgilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ogohlantiruvchi belgilar – yoʻl harakati qatnashchilariga yoʻlning harakatlanishda vaziyatga qarab chora koʻrishni talab qiladigan xavfli qismlarining joylashuvi hamda ularning xususiyatlari toʻgʻrisida maʼlumot berish uchun qoʻllanadi.
Imtiyoz belgilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Imtiyoz belgilari – chorrahalarda, alohida joylashgan qatnov qismlari kesishgan joylarda, shuningdek yoʻlning tor qismida yoʻl harakati qatnashchilarining harakatlanish navbatini belgilash uchun qoʻllanadi.
Taqiqlovchi belgilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taqiqlovchi belgilar – yoʻl harakatiga maʼlum cheklashlar kiritish yoki ularni bekor qilish uchun qoʻllanadi.
Buyuruvchi belgilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Buyuruvchi belgilar – transport vositalariga koʻrsatilgan yoʻnalishda yoki faqat maʼlum yoʻnalishlarda harakatlanishlari lozimligini buyuradi.
Axborot-ishora belgilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Axborot-ishora belgilari – harakat qatnashchilariga yoʻldagi harakat tartibi xususiyatlari hamda aholi yashaydigan joylar va manzillarning joylashuvi haqida maʼlumot berish uchun qoʻllanadi.
Servis belgilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Servis belgilari – transport vositalari, yoʻlovchilar va haydovchilarga xizmat koʻrsatish joylari xaqida maʼlumot berish uchun qoʻllanadi.
Qoʻshimcha axborot belgilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qoʻshimcha axborot belgilari – ular bilan birgalikda qoʻllangan belgilarga aniqlik kiritish yoki ularning taʼsirini cheklash uchun qoʻllanadi.
Barcha belgilar qorongʻi paytlarda yoritilib turiladigan boʻlishi yoki kamida 100 metr naridan koʻrishga imkon beradigan materiallar bilan qoplanishi lozim[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yoʻl harakati qoidalari, T., 2001.
- „Yoʻl belgilari“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 2-jild (Beshik — Gidrofizika). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2001 — 704-bet.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |