Yevropa yadro tadqiqotlari markazi
Qiyofa
Yevropa yadro tadqiqotlari markazi — Yevropadagi 12 mamlakat (Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Yunoniston, Daniya, Italiya, Niderlandlar, Norvegiya, Fransiya, Germaniya, Shveysariya, Shvetsiya) ilmiy tadqiqot muassasasi. Unda elementar zarralar fizikasi sohasida nazariy va eksperimental tadqiqotlar olib boriladi. YuNESKO rahnamoligida 1954-yil tashkil qilingan (markazi Jeneva yaqinida). Gʻarbiy Yevropadagi shunday tadqiqotlarni muvofiqlashtirib turadi. Yuqori organi — Kengash. 600 MeV quvvatli sinxrotron (1957), 28 GeV li (1959), 400 GeV li (1959) va 400 GeV li (1975) sinxrofazotronlar, yigʻuvchi proton halqalari va boshqalari bor[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |