Kontent qismiga oʻtish

Yettinchi bo‘lmadagi mo‘jiza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yettinchi boʻlmadagi moʻjiza
Rejissyor(lar) Mehmet Ada Öztekin
Prodyuser(lar)
  • Sinan Turan
  • Saner Ayar
Ssenariynavis(lar)
  • Özge Efendioğlu
  • Kubilay Tat
Rollarda
Bastakor(lar)
  • Hasan Özsüt
  • Işıl Özsüt
Studiya(lar)
  • Motion Content Group
  • Lanistar Medya
Distribyutor CJ Entertainment Turkey
Chiqarilgan sanasi 11.10.2019
Davomiyligi 132 daqiqa
Mamlakat Turkiya bayrogʻi Turkiya
Til turkcha

Yettinchi boʻlmadagi moʻjiza (turkcha: 7. Koğuştaki Mucize) — 2019-yilda suratga olingan turk filmi. Rejissyor — Mehmet Ada Öztekin. Bu 2013-yilda suratga olingan Janubiy Koreyaning „7-boʻlmadagi moʻjiza“ komediya-drama filmining xuddi shu asosdan foydalangan holda, hikoya, personajlar va maʼlum oʻzgarishlarga ega rasmiy moslashuvidir[1]. Film 93-Oscar mukofotining „Eng yaxshi xalqaro badiiy film“ nominatsiyasida Turkiya tomonidan nomzod qilib koʻrsatish uchun tanlab olgan[2][3].

Film 1983-yilda chekka bir qishloqda boʻlgan voqea haqida. Aqli zaif Mehmet (uni Memo deyishadi) Koyuncu qizi Ova va buvisi bilan togʻ yonbagʻrida yashaydi. Memo baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan qizchani oʻldirganlikda ayblanib qamaladi. Qamoqda boshqa mahbuslar uning jinoyati haqida xabar topib, uni kaltaklaydi.

Memo kamera boshligʻini boshqa mahbus tomonidan pichoqlanishidan qutqaradi va qolgan kameradoshlari bilan doʻstlashadi. Kameradagilar Memoning jinoyat sodir eta olmasligini tushunishadi. Shundan soʻng uning aybsizligini isbotlashni rejalashtirishadi.

Ova Memo ayblanayotgan jinoyatga guvoh boʻlgan qochqin bilan uchrashganini, bu baxtsiz hodisa ekanligini va Memoning aybsizligini aytadi. Buni eshitib, qamoqxona xodimlar qochqinni topishga kirishadi. Qochqin topiladi. Lekin uni general yaʼni oʻlgan qizchaning otasi otib oʻldiradi. Aybsizligi isbotlanmagach, Memo osib o'ldirishga hukm qilinadi.

Ammo qamoqxonadagi bir mahbus Memoni qutqarib qolishni xohlaydi va kameradagilar hamda qamoqxona ma'muriyati bir reja o'ylab topishadi.Ushbu reja orqali Memo qutqrib qolinadi.

Film 2019-yilda turk kinoteatrlarida 5,3 milliondan ortiq tomoshabin bilan eng koʻp tomosha qilingan film boʻldi. Shuningdek, u Netflixda, ayniqsa, Fransiya va Lotin Amerikasida birinchi oʻrinni egallaganligi sababli, butun dunyo boʻylab katta auditoriyaga ega boʻldi[4][5].