Kontent qismiga oʻtish

Yetti shikoyat

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yetti shikoyat (manjurcha: ᠨᠠᡩᠠᠨ
ᡴᠣᡵᠣ
nadan koro; xit. an’anaviy 七大恨, pinyin: Qī Dà Hèn), shuningdek Xitoydan nafratlanishning yetti sababi — 1618-yil 7-mayda Manjur davlati asoschisi Oysingoro Nurxatsi tomonidan tuzilgan manifest. Bundan oldin u manjur beklari (beyle) oldida quyidagi gaplarni aytadi:

Qarorim shuki, biz shu yil albatta Min imperiyasini ishg‘ol qilamiz!

(xit. an’anaviy 吾意已决,今岁必征大明国!)


Shu davrdan manjurlarning Xitoyga qarshi yurishlari boshlanadi. Nurxatsi Ningyuan jangida mag‘lub bo‘lishi va oqibatda vafot etishiga qaramasdan, manjurlar Xitoyga qarshi kurashni davom ettirganlar. Natijada Nurxatsining nabirasi Shunchji Xitoyni egallaydi, uning o‘g‘li Kansi esa 1683-yilda Tayvanni egallab bosqinchilik urushlariga barham beradi.

  1. Min sulolasi Nurxatsining bobosi Geochangi va otasi Taksini besabab o‘ldirganlar.
  2. Min sulolasi Nurxatsining dushmani hisoblangan Yexe urug‘ini qo‘llab, Nurxatsining urug‘-aymog‘ini Szyanchjouga siqib chiqarishgan.
  3. Manjur hududlariga ruhsatsiz kirgan xitoyliklarni qatl qilgani uchun Nurxatsini tovon to‘lashga majbur qilgan Min sulolasi ikki tomonga ham bo‘ysunuvchi hududlar haqidagi kelishuvni buzgan.
  4. Min sulolasining harbiy qo‘llab-quvvatlashidan foydalangan Yexe urug‘i o‘z vakilasining Nurxatsi bilan unashtiriluvini bekor qilib, uni mongol xoniga turmushga bergan.
  5. Min sulolasi manjurlarning ota tuproqlari hisoblangan Chayxe, Sancha va Fuandan ularni quvib chiqargan va dehqonchilik qilishlariga to‘sqinlik qilgan.
  6. Yexe urug‘i bilan nizolar chiqqan paytlarda Min sulolasi doim ularning tarafida bo‘lgan hatto yexelar adolatsizlik qilgan paytlarida ham.
  7. Lyaonindagi Min hukumati o‘z vakolatini suisteʼmol qilgan va Nurxatsini haqorat qilgan Shan Bojshi ismli amaldorni Szyanchjou garnizoni boshlig‘i etib tayinlagan.
Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 5-iyul, 2022-yil(2022-07-05) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.