Kontent qismiga oʻtish

Yerning meteorologik sunʼiy yoʻldoshlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yerning meteorologik sunʼiy yoʻldoshlari - bulut qatlamining atmosferada taqsimlanishini kuzatish, Yer sirti va atmosferaning issiklik nurlanishini va Quyoshning qaytgan radiatsiyasini oʻlchash uchun moʻljallangan apparatlar. Ob-havoni oldindan aytish uchun meteorologik maʼlumotlar olish maqsadida foydalaniladi. Mas, "Kosmos", "Molniya" tipidagi sunʼiy yoʻldoshlarning baʼzilari, "Meteor"; amerika sunʼiy yoʻldoshlari — "Tiros", "Nimbus" va b. Bular, odatda, 500—1200 km balandlikda uchadi.

E.m.s. y.ga oʻrnatilgan asboblar yordamida Yerning yorugʻ tomonidagi bulutlar rasmga tushiriladi va Yerga uzatiladi. Yerning qorongʻi tomonidagi bulutlarni ham ular yordamida aniqlash mumkin. Bunda infraqizil nurlardan foydalaniladi. Ye. m. s y.dagi baʼzi asboblar bilan Yerga va atmosferaga kelayotgan hamda cheksiz fazoga chiqib ketayotgan radiatsiya oʻlchanadi. Shu asosda issiqlik balansi hisoblanadi. Ye. m. s y. yordamida okean suvi sathi, yer yuzasi va atmosferaning har xil qatlamlaridagi havo temperaturasi namligi oʻlchanadi.

Okean, choʻl va togʻlarda meteorologik st-yalar kam boʻlganidan bu yerlarning iqlimi kam oʻrganilgan. Ye. m. s y.dan olingan maʼlumotlar yordamida shu hududlarning iqlimi ham oʻrganiladi. Dengiz muzining birinchi rasmi Ye. m. s y. yordamida olingan (1960). Qor va muz soxalarining fasllarga bogʻliq ravishda oʻzgarish haritalari tuzib chiqilgan. Ye. m. s y. yordamida siklonlar oʻrganiladi. Kosmonavtlar ham Yerning ob-havosini kuzatishadi, bulutlar, qor va muzlik soqalari, daryo va okeanlar, choʻl va togʻlarning turli ranglardagi rasmlarini olishadi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil