Yer mantiyasi
Yer mantiyasi - Yer poʻsti bilan Yer yadrosi orasida joylashgan qatlam. Yer mantiyasi Yer (atmosferasiz) hajmining 83% ini, massasining 67% ini egallaydi. Yer poʻstidan Moxorovichich yuzasi bilan ajralgan. Qalinligi 2865 km boʻlib yuqori chegarasi (Moxorovichich yuzasi) oʻrta hisobda yer yuzidan 33 km va ostki chegarasi Moxorovichich yuzasidan qariyb 2900 km chuqurlikdan oʻtadi. Chegaralar qatlamlardan oʻtuvchi seysmik toʻlqin tezligining keskin oʻzgarishi bilan aniqlanadi (ustki chegarada 1,5 km/sek, ostki chegarada 5,54 km/sek). Yer mantiyasi yuqorimantiya oʻtkazuvchanlik obl. va ostki mantiyaga boʻlinadi. Yuqori mantiya oʻz navbatida (yuqoridan pastga) substrat, Gutenberg qatlami (seysmik toʻlqinlarning pasaygan tezligi qatlami) va Golitsin qatlamiga (baʼzida u oʻrta mantiya deb nomlanadi) boʻlinadi. Yer mantiyasining etagidan kalinligi 100 km dan kamroq boʻlgan qatlam mavjud. Qatlamdagi seysmik toʻlqinlarning tezligi chuqurlashgan sari oshmaydi, hatto sal pasayadi. Yuqori mantiyaning tarkibi peridotitga oʻxshash massadan iborat deb faraz qilinadi; qalinligi 850—900 km, hajmi Yer shari hajmining 0,1667 qismiga teng . Unda seysmik toʻlqinlarning tezligi 8,00—8,97 km/sek, zichligi 3,34—3,64 g/sek3, gravitatsion maydon 985 sm/sm2, bosim 0,009* 1012 din/sm2 dan 0,141 x 1012 din/sm2 gacha oʻzgaradi.
Oʻtkazuvchanlik obl.ining tarkibi oʻzgarib turadi, qalinligi 571 km. Yer shari hajmining 0,2131 qismini tashkil qiladi. Seysmik toʻlqinlarning tezligi 8,97—11,0 km/sek. Zichligi 3,64—4,68 g/sm3, gravitatsion maydon 998—997 sm/sek2, bosim 0,141 x YU12 din/sm2 dan 0,392x1012 din/sm2 gacha oʻzgaradi.
Ostki mantiyaning tarkibi bir xil, kalinligi 1914 km. Yer shari hajmining 0,4428 qismini tashkil qiladi. Seysmik toʻlqinlarning tezligi 11,42— 13,64 km/sek. Zichligi 4,68—5,68 g/sm3, gravitatsion maydon 995—1037 sm/sek2, bosim 0,392xYu12 din/sm2 dan 1,37* 1012 din/sm2 gacha oʻzgaradi.
Yer mantiyasi Yerning vujudga kelgan davrida qattiq holatda boʻlgan yoki qattiq kimyoviy birikmalar tarkibiga kirgan kimyoviy elementlardan tashkil topganligi taxmin qilinadi. Bu elementlar ichida: O, Si, Mg, Fe aksari qismini tashkil etadi. Hoz. tasavvurlarga koʻra Ye.m.ning tarkibi tosh meteoritlar tarkibiga yaqin turadi.
Baʼzi olimlar esa uni katta kuch bilan siqilgan suyuklik holatida deb hisoblaydilar. Vulkan otilishlaridan hosil boʻlgan lavalar Ye.m. moddasini toʻliq boʻlmasa ham suyuq holatda ekanligi toʻgʻrisida guvohlik beradi. Shuningdek, modda va uning ayrim qismlarini suyuq holatda ekanligini seysmometrik maʼlumotlar ham tasdiqlaydi.
Yer mantiyasining temperaturasi va bosimi chuqurlashgan sari oʻzgarib boradi. Yer poʻsti ostidagi bosim 1,3—1,4 mln. atmosferaga yaqin deb hisoblanib, okean osti Yer poʻsti bosimi kontinental bosimdan ancha kam ekanligi taʼkidlanadi. Turli tadqiqotchilarning fikricha, Ye.m. pastki gorizontlarining temperaturasi 1500 dan 10000° gacha, yuqori gorizontlarining temperaturasi bazaltoid togʻ jinslari erish temperaturasi chegarasida (1000—1300°)dir. Shuningdek, Yer mantiyasining elektr oʻtkazuvchanligi ham chuqurlashgan sari ortib boradi. Yer mantiyasidagi moddalarning fizik holati va unda sodir boʻlayotgan geokimyoviy jarayonlarni oʻrganish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Yer poʻstining tektonik harakatlari va temir, mis rudalari, oltin, platina konlari va b.ning paydo boʻlishi ushbu jarayonlar bilan bogʻliqdir (yana qarang Yer).
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Problemi stroyeniya zemnoy kori i verxney mantii, sb. st., M., 1970; Bugayevskiy G. N., Seysmologicheskiye issledovaniya neodnorodnostey mantii Zemli, Kiyev, 1978; Subbotin S. I., Voprosi gravimetrii, issledovaniya zemnoy kori i mantii, teoriya tektogeneza, Kiyev, 1979.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |