Yemshitepa
Qiyofa
Yemshitepa — antik shahar harobasi. Tillatepa (Afgʻoniston) yaqinida joylashgan. Mayd. 18 ga. Ye. tarhi aylana shaklida boʻlib, qalinligi 10 m, bal. 12 m keladigan mustahkam mudofaa devori bilan oʻrab olingan. Ye. hududidagi madaniy qatlamning qalinligi 8,5 m ga yetadi. Shahar Kushon podsholigi davrida (1—4-asrlar) ravnaq topgan. Oʻrta asrlarda shaharning kichik bir qismidagina hayot davom etgan. Qadimda bu yerdan Buyuk ipak yoʻli oʻtgan. Olimlar (Sh. Kamoliddinov)ning fikricha, antik manbalarda qayd etib oʻtilgan qad. Baqtriyaning Surogana sh. aynan shu yerda joylashgan boʻlgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharistana po araboyazichnim istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |