Yelizaveta Dmitriyeva
Yelizaveta Ivanovna Dmitriyeva | |
---|---|
Tavalludi |
12-aprel 1887-yil Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
5-dekabr 1928-yil (41 yoshda)[1] Toshkent, SSSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Sohasi | Shoira |
Yelizaveta Ivanovna Dmitriyeva (1887-yil 12-aprel, Sankt-Peterburg — 1928-yil 5-dekabr, Toshkent) – rus shoirasi, dramaturg, Cherubina de Gabriac taxallusi bilan mashhur.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yelizaveta Dmitriyeva 1887-yil 12-aprelda zodagonlar oilasida tugʻilgan. Otasi Ivan Vasilyevich Dmitriev xattotlikdan dars bergan (taxminan 1857—1901), sildan erta vafot etgan. Yelizavetaning katta akasi Valerian (1880-1965) dengiz zobiti, Port-Artur mudofaasida, Rus-yapon urushida qatnashgan. Singlisi Antonina (taxminan 1883—1908) oʻqituvchi boʻlgan. Yetti yoshdan oʻn olti yoshgacha Yelizaveta otasi kabi kasallikdan aziyat chekdi, toʻshakka mixlanib qoldi va umrining oxirigacha choʻloq boʻlib qoldi. 1904-yilda Vasileostrovskaya gimnaziyasini oltin medal bilan, 1908-yilda esa Imperator ayollar pedagogika institutini ikki mutaxassislik: oʻrta asrlar tarixi va fransuz oʻrta asr adabiyoti boʻyicha tamomlagan. Shu bilan birga, u Sankt-Peterburg davlat universitetida ispan adabiyoti va eski fransuz tili boʻyicha maʼruzalarda qatnashdi, soʻngra Sorbonnada qisqa muddat tahsil oldi. Sorbonnadaligida Nikolay Gumilyov bilan tanishgan.
Sankt-Peterburgga qaytgach, u Petrovskaya ayollar gimnaziyasida rus adabiyotidan dars berdi, teosofik jurnallarda ispan sheʼriyatidan tarjimalarni (Avliyo Tereza va boshqalar ijodi) nashr etdi[2].
"Cherubina de Gabriac"
[tahrir | manbasini tahrirlash]1909-yil yozi Yelizaveta Dmitriyeva vaqtini Koktebelda, Voloshinning yozgi uyida oʻtkazdi. U yerda u oʻziga yangi taxallus oʻylab topdi. Voloshin uni qoʻllab-quvvatladi.
„Cherubina de Gabriac“ dindor katolik boʻlgan, 1877-yilda tugʻilgan va monastirda tarbiya olgan. Uning har bir harakatini kechayu kunduz iezuit rohiblari kuzatib turgan. Shuning uchun u odamlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qila olmagan[3]. 1909-yil 1-sentyabrda Yelizaveta Dmitriyeva „Cherubina de Gabriac“ taxallusi bilan imzolangan sheʼrlar toʻplamini „Apollon“ jurnalining noshiri Sergey Makovskiyga yubordi.
1926-yilning kuzida Dmitriyeva „Eʼtirof“ kitobini yozgan.
Xuddi shu yili rus antroposoflariga qarshi repressiyalar boshlandi.
1927-yilda Dmitriyevaning uyida tintuv oʻtkazildi, uning barcha kitoblari va arxivlari musodara qilindi va shoiraning oʻzi uch yilga Toshkentga yuborildi.
1927-yildan Toshkentda yashagan. U sheʼr yozishni davom ettirdi.
Toshkentda jigar saratonidan vafot etgan. U Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.
Asarlarining nashrlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Маршак С.Я., Васильева Е.И.. Театр для детей, Краснодар, 1922.
- Грякалова Н.Ю. Стихотворения Е. И. Васильевой, посвященные Ю.К. Щуцкому // Русская литература. — 1988. — № 4. — С. 200−205.
- Елис. Васильева. «Две вещи в мире для меня всегда были самыми святыми: стихи и любовь» // Новый мир / публикация Вл. Глоцера. — 1988. — № 12. — С. 168−170.
- [Стихотворения] // Возвращение. Вып.1. М.: Советский писатель, 1991, с.179−188.
- Черубина де Габриак. Исповедь, Символы времени. М.: Аграф, 1999. ISBN 5-7784-0040-3.
- См. также указ. издание под ред. Т. Н. Жуковской, Е. А. Калло (1999), с. 461−554.
- Из мира уйти неразгаданной: Жизнеописание; Письма 1908−1928 годов; Письма Б.А. Лемана к М.А. Волошину. Феодосия, M.: Изд. дом «Коктебель», 2009.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „2022. 5 декабря. Елизавета Дмитриева“. www.proza.ru. Qaraldi: 14-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Портретная галерея Дмитрия Быкова в журнале «Дилетант»“. www.limonow.de. 2021-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-mart.
- ↑ В письмах Маковскому Черубина неоднократно сообщала о своём решении уйти в монастырь и «выйти замуж за одного еврея», то есть стать Христовой невестой.