Kontent qismiga oʻtish

Yelena Lenina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yelena Lazarevna Lenina (1890.9.4, Tomsk — 1980, Moskva) — Oʻzbekiston xalq artisti (1950). 1934-yildan Maksim Gorkiy nomidagi Toshkent rus drama teatrida ishlagan. Eng yaxshi rollari: Madam Ksidas ("Intervensiya"), Vasilisa Karpovna, Melanya ("Tubanlikda", "Yegor Bulichyov va boshqalar"), Kruchinina, Kabanixa ("Aybsiz aybdorlar", "Momaqaldiroq"), Miller xonim ("Makr va muxabbat"), Missis Xiggins ("Pigmalion"), Toʻrayeva ("Sotqinlar"), Hoji ona, Hojar ("Boy ila xizmatchi", "Paranji sirlari"), Hosiyat ("Sharq tongi") va boshqa L. ijrosiga harakterli rollar yaqin boʻlib, yaratgan obrazlari toʻlaqonliligi, tashqi ifoda vositalari va nut-qining mukammalligi bilan ajralib turadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil