Kontent qismiga oʻtish

Yelena Kuzmina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yelena Aleksandrovna Kuzmina
Tavalludi 4-fevral 1909-yil
Vafoti 15-oktyabr 1979-yil(1979-10-15)
(70 yoshda)
Moskva, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi aktrisa
Mukofotlari

Yelena Aleksandrovna Kuzmina (1909-yil 4-fevral, Tiflis, Rossiya imperiyasi – 1979-yil 15-oktyabr, Moskva, SSSR) – sovet kino aktrisasi, RSFSR xalq artisti (1950). Uchta Stalin mukofoti sovrindori (1946, 1948, 1951).

Yelena Kuzmina 1909-yil 4-fevralda (baʼzi maʼlumotlarda 17-fevralda) Tbilisida tugʻilgan[1]. Uning otasi Aleksandr Kuzmin suv inshootlari muhandisi boʻlgan. Aktrisaning bolaligi Toshkentda oʻtgan. Toshkent xotin-qizlar gimnaziyasiga oʻqishga kirgan, biroq tez orada uyda oʻqishga oʻtdi. Toshkentda Sovet hokimiyati oʻrnatilgandan keyin maktabga qaytgan. Keyin esa oilasi bilan Tbilisiga koʻchib ketgan.

U 1925-yilda Tbilisidan Leningradga oʻqish uchun kelgan va ikki yil vaqt sarflablab, FEKS kino ustaxonasiga oʻqishga kirgan va uni 1930-yilda bitirgan. 1929-yilda aktyorlik faoliyatini boshlagan. Uning debyut roli „Yangi Bobil“ badiiy filmidagi kommuna ayol Luiza boʻlgan[2].

Uning ijodidagi yetakchi mavzu hayotning ogʻir sinovlarida kuchli ayol xarakterini shakllantirish boʻlgan.

„Maxfiy topshiriq“ filmidagi razvedkachi Mariya-Marta rolida Kuzminaning mahorati yaqqol namoyon boʻlgan. Aktrisa ikkita rolni mahorat bilan oʻynagan (beadab va shafqatsiz Gestapo xodimi hamda yumshoq, samimiy, oʻz burchini fidokorona va kamtarlik bilan bajargan sovet ayoli).

Komediya qahramoni sifatida Kuzmina tor burjua dunyosida yashovchi filist Mariya Konstantinovna („Duel“) rolida va Aurora Bompas („U eriga qanday yolgʻon gapirdi“) rolini ijro etgan.

„Jannatdagi soʻnggi tun“ („Jannatdan qochish“) filmida aktrisa jahldor, shafqatsiz Sanda Kitsanning rolini oʻynagan.

Yelena Aleksandrovna Kuzmina 1979-yil 15-oktyabrda 71 yoshida Moskvada vafot etgan. U Novodevichy qabristoniga, erining yoniga dafn etilgan.

  • Boris Vasilyevich Barnet (1902—1965) – Birinchi eri (1929—1936) – kinorejissyor, RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist (1935), Ukraina SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1951).
  • Natalya (1934–1994) – Qizi – doktor, tibbiyot fanlari nomzodi.
  • Eri – Aleksandr Pavlovich Alliluyev (1931—2021),
  • Mixail Aleksandrovich Alliluyev (1958—1986) – Nabirasi.
  • Yelena – nevarasi.
  • Mixail Ilich Romm (1901–1971) – Ikkinchi eri (1936-yildan) – kinorejissyor, SSSR xalq artisti (1950)[3].
  • RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist (1935).
  • Ikkinchi darajali Stalin mukofoti (1946) – „217-sonli odam“ filmidagi Tatyana Krilova roli uchun (1944).
  • Birinchi darajali Stalin mukofoti (1948) – „Rossiya masalasi“ filmidagi Jessi roli uchun (1947).
  • Birinchi darajali Stalin mukofoti (1951) – „Maxfiy topshiriq“ filmidagi Marta Shirk roli uchun (1950).
  • RSFSR xalq artisti (1950).
  1. „ЕЛЕНА КУЗЬМИНА“. www.kino-teatr.ru. Qaraldi: 10-noyabr 2023-yil.
  2. BRE statya=KUZMINA id=2119664 god=2004
  3. „«Тринадцать»: киновед Ирина Павлова о фильме“ (deadlink). Телеканал «Культура» (2004-yil 23-avgust). 2015-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.