Yekaterina Kim
Yekaterina Kim | |
---|---|
Tavalludi |
Yekaterina Georgievna Kim 1930-yil 15-yanvar Nikolaevka qishlogʻi, Uzoq Sharq oʻlkasi, SSSR |
Vafoti | 19-iyun 2019 |
Mukofotlari |
Yekaterina Georgievna Kim (1930-yil 15-yanvar, Uzoq Sharq oʻlkasi, Nikolaevka qishlogʻida (SSSR) tugʻilgan, 2019-yil 19-iyunda vofot etgan) – kolxoz rahbari, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1953).
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yekaterina Kim 1930-yil 15-yanvarda Uzoq Sharq oʻlkasining Nikolaevka qishlogʻida (hozirgi Primorsk oʻlkasining Partizanskiy tumani) tugʻilgan. U yerda oila (otasi Kim Gix Var va onasi Xyon In Sen, oʻgʻillari Vsevolod va Vyacheslav boʻlgan) kolxoz tashkil etilganini mahalliy koreyslardan bilib, 1930-yilda Naxodka qishlogʻidan koʻchib oʻtgan. 1937-yilning kuzida oilasi bilan O‘zbekiston SSRga surgun qilingan[1].
1941-yilda Yuqori Chirchiq tumanidagi Sverdlov nomli kolxozga ishga kirib, u yerda pichan yigʻadi. Yekaterina maktabda faqat qish faslida oʻqigan. Bahorda darslar tushlik paytgacha boʻlib, keyin bolalar dalaga ketishgan. U har gektardan ikki yuz sentnerga yaqin kenaf yigʻib olgan boshoqli ekinlar yetishtirish boʻyicha komsomol-yoshlar boʻlinmasi boshligʻi etib tayinlangan. Qishloq xoʻjaligi texnikumini tamomlagandan soʻng, Moskvadagi Timiryazev akademiyasida tahsil olgan. 1948-yilda (18 yoshida) mehnatdagi ulkan yutuqlari uchun Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan[1].
Yekaterinaning jamoasi 17 gektardan ortiq maydonda gektariga 118,9 sentnerdan kenaf yigʻib, rekord koʻrsatkichga ega boʻlgan[1]. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1953-yil 21-dekabrdagi farmoni bilan Lenin ordeni va "Oʻroq va bolgʻa" oltin medali bilan taqdirlangan. Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoniga sazovar boʻlgan[2].
U 10 nafar farzandni tarbiyalagan. Primorsk oʻlkasi, Partizanskiy tumani, Novitskoye qishlogʻida yashagan[1].
Yekaterina Kim 2019-yil 19-iyunda 89 yoshida vafot etgan.
Mukofotlari va unvonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sotsialistik Mehnat Qahramoni
- Lenin ordeni
- "Oʻroq va bolgʻa" oltin medali
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Живая легенда“. Общественно-политическая газета «Находкинский рабочий» (2015-yil 17-dekabr). 2016-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-mart.
- ↑ Nagradnoe delo na Geroya Sotsialisticheskogo Truda Kim Ye. G. i Li Yen-xo. Ukaz ot 21 dekabrya 1953 g. (Wayback Machine saytida 2023-11-19 sanasida arxivlangan), Rossiyskiy gosudarstvenniy arxiv ekonomiki.