Yasub Abbos
Mavlono Muhammad Mirzo Yasub Abbos | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 21-mart 1970-yil |
Dini | Islom |
Turmush oʻrtoq(lar)i | Abbos Muborak |
Ota-onasi |
|
Fuqarolik | hind |
Mazhab | Shia |
Kasbi | Islom ulomosi va notiq |
Mavlono Muhammad Mirzo Yasub Abbos – Islom ruhoniysi va butun Hindiston shia shaxsiy huquq Kengashining (AISPLB) tarjimoni[1]. Hindiston Islom madaniyati markazining aʼzosi. Uttar-Pradesh hukumatini barcha taʼlim muassasalariga bir xil talab qoʻymasdan, madrasalarga Mustaqillik bayramida qatnashishni buyurgani uchun tanqid qilgan[2].
Yasub Abbos Oliy sudning uch taloqni taqiqlash haqidagi hukmini musulmon ayollarning gʻalabasi sifatida olqishlab, „…paygʻambarimiz (s.a.v.) zamonida uch taloq amaliyoti mavjud emas edi. Biz uch taloqqa qarshi kuchli qonunchilik yaratilishini xohlaymiz. Bu qonun xuddi sati (beva ayollarning oʻzini yoqib yuborish) amaliyotiga qarshi qabul qilingan qonunga oʻxshash boʻlishi kerak“[3].
Butun Hindiston Shia Shaxsiy Huquq Kengashida nutq soʻzlagan Yasub Abbos Uttar-Pradesh shia vaqf kengashining sobiq raisi Vasim Rizviyni Qur’ondan 26 oyatni olib tashlashga ariza bergani uchun tanqid qilgan. Vasim Rizviy terrorizmni targʻib qilgan edi. Abbos uning bu ishini butun dunyo musulmonlarini haqorat qilish deb baholagan[4][5][6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „बंद हो मंदिर-मस्जिद पर सियासत, सुप्रीम कोर्ट का फैसला सबको मानना चाहिए- यासू अब्बास“. Amar Ujala (2019-yil 19-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 17-oktyabr.
- ↑ „Clerics: Why Independence Day order only for Uttar Pradesh madrasas?“. The Asian Age (2017-yil 14-avgust). Qaraldi: 2017-yil 14-avgust.
- ↑ „Victory for Muslim women: AIMWPLB on SC Talaq verdict“. DNA (2017-yil 22-avgust). Qaraldi: 2017-yil 22-avgust.
- ↑ „Muslim outfits welcome SC's decision to dismiss plea seeking removal of 26 verses from Quran“. The Economics Times (2021-yil 12-aprel). Qaraldi: 2021-yil 12-aprel.
- ↑ „More Muslim outfits slam Waseem Razvi; Shia Personal Law Board calls emergency meeting“. The Hindu (2021-yil 17-mart). Qaraldi: 2021-yil 17-mart.
- ↑ „Muslim outfits welcome SC's decision to dismiss Rizvi's plea seeking removal of Quran verses“. The New Indian Express (2021-yil 12-aprel). Qaraldi: 2021-yil 12-aprel.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yasub Abbos Facebook sahifasi