Kontent qismiga oʻtish

Yassi (daryo)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
5
Yassi daryosi

YassiQirgʻizistonning Oʻsh viloyatidagi daryo. Qoradaryoning oʻng irmogʻi. Uzunligi 122 km. Fargʻona tizmasining gʻarbiy yon bagʻridan, Bolsun togʻidan 2,5 km gʻarbda, 3500 m balandlikda boshlanadi. Havzasining mayd. 2620 km². Qor suvlaridan toʻyinadi. Qoradaryoga Oʻzgan shahridan 12 km quyiroqda qoʻshiladi. Asosiy irmoqlari: Ulugʻchat, Zindonsu, KichikQoʻshbuloq, Doʻngʻuztov, Zerger (oʻngdan) va Koʻlduk (chapdan). Koʻlduk soyining qoʻshilishidan quyiroqda daryo suvi sugʻorish kanallari orqali taqsimlanadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi Salomalik qishlogʻi yonida 42,2 m³/sek. dan 9,52 m³/sek.gacha; Oʻzgan shahri yonida 75 m³/sek. dan 16,8 m³/sek. gacha oʻzgaradi. Toʻlinsuv davri mart—avgustda.