Yanglish Egamova
Yanglish Egamova | |
---|---|
Tavalludi |
2-may 1943-yil |
Vafoti |
2017-yil Toshkent, Oʻzbekiston |
Kasbi | tarjimon |
Turmush oʻrtogʻi | Vahob Rahmonov |
Yanglish Egamova (1943—2017) — tarjimon, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 1943-yilning 2-mayida Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Olchin qishlog‘ida tavallud topgan[1]. Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining xorijiy filologiya fakultetida tahsil olgan. Tarjima nazariyasi va til ilmiga oid bir qancha ilmiy maqolalar muallifi. Nemis allomasi Iogan Volfgang Gyote asarlari tarjimasi bilan mashhur[2]. U taniqli navoiyshunos olim Vahob Rahmonovning turmush oʻrtogʻi boʻlgan.
Tarjimonlik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yanglish Egamova 1975-yilda Gyotening "Yosh Verterning iztiroblari" romanini oʻzbek tiliga oʻgirib, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida nashr ettirgan. Keyinchalik Bruno Apitsning „Qashqirlar changalida“ romani, Volfgang Borxertning hikoyalari, Firts Vyurtlening Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi „Andijon shahzodasi“ qissasi, Gyotening „Muhabbatnoma“ nomli saylanma kitobi, „Yosh Verterning iztiroblari“ (qayta nashr), „Hamroz dillar“ romanlari uning tarjimasida chop etilgan. Yohann Peter Ekkermanning Gyote hayoti va ijodiga bag‘ishlangan „Gyote bilan gurunglar“ nomli yirik kitobi ham Yanglish Egamova tarjimasida nashr etilgan[3].
„Badiiy tarjima — yuksak sanʼat. Tarjimon esa, xuddi yozuvchi singari sanʼatkor. U boshqa tilda bitilgan badiiy asarni shakl va mazmun birligini saqlagan holda oʻz ona tilida qayta yaratadi. Ular oʻrtasidagi farq shundaki, yozuvchida erkinlik katta: u istagan mavzuda, istagan uslubda, istagan soʻz va iboralarni qoʻllab yozaveradi. Biroq tarjimon imkoniyatlari cheklangan, u tarjima qilayotgan asar mavzusi, gʻoyasi, muallif maqsadi, uslubi, til xususiyatlaridan chetga chiqolmaydi, shu imkoniyatlar doirasida oʻz tili qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda asarni qaytadan oʻz tilida yozib chiqadi“. — Yanglish Egamova[4]
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taniqli tarjimon va olima Yanglish Egamova 2017-yilda vafot etgan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Yanglish Egamova (1943-2017)“ (2022-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 1-dekabr.
- ↑ „Yanglish Egamova (1943-2017)“ (2017-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 1-dekabr.
- ↑ „Янглиш Эгамова (1943-2017)“ (2017-yil 7-fevral). Qaraldi: 2022-yil 1-dekabr.
- ↑ „Tarjimonlik sanʼatkorlikdir“ (2017-yil 24-iyul). 2022-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-dekabr.
- ↑ „2017-yilda vafot etgan o‘zbekistonlik davlat va jamoat arboblari“ (2017-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 1-dekabr.