Yangihayot (Kogon tumani)
Yangi hayot | |
---|---|
qishloq | |
39°46′11.9″N 64°33′39.7″E / 39.769972°N 64.561028°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Buxoro viloyati |
tuman | Kogon tumani |
Avvalgi nomlari | Suxor |
Aholisi (2015) |
2 515 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 65 527 |
|
Yangi hayot (avvalgi nomi — Suxor) — Oʻzbekistonning qadimiy qishloqlaridan biri. Aholi punkti Buxoro viloyati Kogon tumanida joylashgan. Sobiq Shoʻrolar davrida qishloqning nomi Suxordan Yangi hayotga oʻzgartirilgan. Hozirda qishloqda Suxor mahalla fuqarolar yigʻini joylashgan. Aholisi 2515 kishi (2015-yil)[1].
Suxor qishlogʻida taxminan 1287-yilda naqshbandiya tariqatining yirik namoyondalaridan biri Sayyid Mir Kulol tavallud topgan, yashagan va 1370-yilda vafot etgan[2]. Sayyid Mir Kulol qabri ham shu yerda joylashgan boʻlib, Respublikaning diqqatga sazovor joyi sifatida davlat himoyasiga olingan[3].
Ushbu qishloqdagi tepalikda Boboyi Samosiyning eng yetuk muridlari, shogirdlari va izdoshlaridan biri Muhammad Soʻfiyning ham qabri joylashgan. XVI asrda u kishining qabri oldida Qulbobo koʻkaldosh mablagʻlari evaziga masjid bunyod etilgan[4].
1930-yilda Yangi hayot qishlogʻida mashina-traktor stansiyasi tashkil etilgan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Rajabov 2012, s. 10.
- ↑ Buxoriy 2012, s. 149—152.
- ↑ „Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори“. Lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 28-oktyabr.
- ↑ Buxoriy 2012, s. 143.
- ↑ Rajabov 2012, s. 17.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rajabov Q., Jamolova D.. Kogon tumani tarixi. Toshkent: Tafakkur, 2015 — 46-bet.
- Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona, 2012 — 300-bet.