Yangi tarix
Qiyofa
Yangi tarix — jahon tarixini davrlashtirishda, asosan, tarix fanida oʻrta asrlar tarixi bilan eng yangi tarix oraligʻidagi (17-asr oʻrtalaridan to 20-asr boshlarigacha boʻlgan) davrning umumiy nomlanishi. Biroq jahondagi turli xalqlar va davlatlarda Yangi tarix tushunchasi boshqa tarixiy davrlarni oʻz ichiga olishi mumkin. Mas, Oʻzbekiston tarixining Yangi tarix davri yuqorida koʻrsatilgan xronologik chegaradan ancha farqqilib, u 19-asr oʻrtalaridan to 1991-yilgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Bu davrda hozirgi Oʻzbekiston hududi podsho Rossiyasi va sovet tuzumi mustamlakachiligi ostida boʻlgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |