Kontent qismiga oʻtish

Yang Hao

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yang Hao
杨昊
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Yang Hao
Tavallud sanasi 19-avgust 1983-yil (1983-08-19) (41 yosh)
Tavallud joyi Beijing, Xitoy
Boʻyi 1.76 m (5 ft 9 in)
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Shaanxi Chang'an Athletic
Raqami 19
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1998—2001 Beijing Guoan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002—2010 Beijing Guoan 125 (12)
2011 Guangzhou Evergrande 22 (0)
2012—2014 Guizhou Renhe 58 (1)
2014—2016 Jiangsu Sainty 25 (1)
2017 Shaanxi Chang'an Athletic 67 (6)
Milliy terma jamoa
2009—2014 Xitoy 37 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2020-yil 31-dekabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2015-yil 22-mart uchun)

Yang Hao (talaffuzi: Yang Hao) (1983-yil 19-avgustda tugʻilgan) — Xitoylik professional futbolchisi, hozirda Xitoyning birinchi ligasi vakili „Shaanxi Changʻan Athletic“ klubida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yang Hao futbolchilik faoliyatini 2001-yilgi liga mavsumida yoshlar akademiyasini tamomlagandan soʻng Beijing Guoan bilan boshlagan. Keyingi mavsumda u asta-sekin Beijingda hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻzini namoyon qilgan. Biroq, u 2004-yilgi liga mavsumigacha 19 ta liga oʻyinida oʻynaganidan soʻng, asosiy tarkibga kirishga qiynalgan[1]. Uning jamoadagi maydonga tushish foizi 2005-yilgi liga mavsumi boshida Shen Xiangfu klubning yangi bosh murabbiyi etib tayinlanganidan soʻng kamayagan. 2007-yilgi liga mavsumi boshida Li Jang-Su tanishtirilgandan keyingina Yang Beijing jamoasining asosiy oʻyinchisiga aylana boshlagan va u 2009-yilgi liga mavsumida jamoaning markaziy himoyasida joylashgan holda jamoa chempionligi uchun yordam bergan[2].

2011-yilning yanvarida Yang Super ligaga yangi koʻtarilgan „Guangzhou Evergrand“ga erkin agent sifatida qoʻshilgan. 2011-yilning 2-aprelida u klubdagi debyutini Dalian Shidega qarshi o‘yinda (1:0) o‘tkazgan[3]. 2011-yilgi mavsum davomida u Guangzhou klubining liga chempionligini qoʻlga kiritishiga yordam bergan. Ammo, Yang klub uchun doim maydonga tushavermagan. Yang 2012-yilgi mavsum oldidan Guizhou Renhega qoʻshilishga qaror qilgan.

2014-yilning 8-iyulida Yang Xitoy Superligasining boshqa jamoasi „Jiangsu Sainty“ga o‘tgan[4]. U klubdagi debyutini 2014-yilning 19-iyulida Guangzhou R&Fga qarshi o‘yinda (3:2) o‘tkazgan. U 2016-yilning oxirida, shartnomasi tugaganidan keyin „Jiangsu“ni tark etgan[5].

Yang 2017-yil iyul oyida Xitoyning 2-liga jamoasi „Shaanxi Changʻan Athletic“ bilan shartnoma imzolagan[6].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yang terma jamoasidagi debyutini 2009-yil 1-iyun kuni Eronga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida o‘tkazgan. Oʻyinda Xitoy terma jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qozongan[7]. U yana bir nechta oʻrtoqlik oʻyinlarida maydonga tushgan va tezda terma jamoaning asosoiy oʻyinchisiga aylangan va hatto 2009-yilning 18-iyulida Falastinga qarshi oʻyinda (3:1) birinchi golini urgan[8]. Keyin xitoylik murabbiy Gao Xongbo Yang Xitoyning barcha muhim oʻyinlarida asosiy tarkibda oʻynay olishiga ishonch hosil qiladi va uni 2010-yilgi Sharqiy Osiyo futbol chempionatida gʻolib chiqqan tarkibga kiritadi.

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Liga Kubogi Qaitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Beijing Guoan 2002 Xitoy Super Ligasi 7 0 - - - 7 0
2003 12 1 2 3 - - 1 1 15 5
2004 19 1 0 0 - - 19 1
2005 9 3 0 0 - - 9 3
2006 12 1 0 - - - 12 1
2007 5 1 - - - - 5 1
2008 21 1 - - 3 2 - 24 3
2009 21 3 - - 1 0 - 22 3
2010 19 1 - - 1 0 - 20 1
Jami 125 12 2 3 0 0 5 2 1 1 133 18
Guangzhou Evergrande 2011 Xitoy Super Ligasi 22 0 0 0 - - - 22 0
Guizhou Renhe 2012 28 1 5 0 - - - 33 1
2013 20 0 4 0 - 6 0 - 30 0
2014 10 0 0 0 - 6 0 1 0 17 0
Jami 58 1 9 0 0 0 12 0 1 0 80 1
Jiangsu Sainty 2014 Xitoy Super Ligasi 13 1 6 0 - - - 19 1
2015 8 0 1 0 - - - 9 0
2016 4 0 2 0 - - 0 0 6 0
Jami 25 1 9 0 0 0 0 0 0 0 34 1
Shaanxi Changʻan Athletic 2017 Xitoy Ikkinchi Ligasi 8 2 0 0 - - - 8 2
2018 17 0 0 0 - - - 17 0
2019 Xitoy Birinchi Ligasi 27 0 1 0 - - - 28 0
2020 Xitoy Birinchi Ligasi 15 4 - - - - 15 4
Jami 67 6 1 0 0 0 0 0 0 0 68 6
Karyerada jami 297 20 21 3 0 0 17 2 2 1 337 26

Xalqaro maydondagi gollari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sana Joy Raqib Natija Musobaqa
18.07.2019 Tyanjin, Xitoy  Falastin 3-1 Oʻrtoqlik
12.08.2009 Singapur  Singapur 1-1 Oʻrtoqlik

Beijing Guoan[9]

  • Xitoy Superligasi : 2009-yil
  • Xitoy FA kubogi : 2003-yil
  • Futbol boʻyicha Xitoy Superkubogi : 2003[10]

Guangzhou Evergrand[9]

  • Xitoy Superligasi : 2011-yil

Guizhou Renhe

  • Xitoy FA kubogi : 2013[11]
  • Xitoy FA Superkubogi : 2014-yil

Jiangsu Sainty

  • Xitoy FA kubogi : 2015[12]

Shahsiy yutuqlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xitoy terma jamoasi

  • Sharqiy Osiyo futbol chempionati : 2010-yil
  1. „Yáng, Hào“. National-Football-Teams.com. Qaraldi: 2012-yil 17-sentyabr.
  2. „China 2009“. rsssf.com (2010-yil 23-aprel). Qaraldi: 2012-yil 17-sentyabr.
  3. „Guangzhou Evergrande vs. Dalian Shide 1-0“. soccerway.com (2011-yil 2-aprel). Qaraldi: 2012-yil 17-sentyabr.
  4. 江苏舜天官方宣布杨昊加盟 签约2年半将穿37号 at sina.com 2014-07-08 Retrieved 2014-07-10
  5. 杨昊:离开国安因当时太年轻 不能说后不后悔 at sohu.com 2017-03-02 Retrieved 2017-07-18
  6. 前国脚杨昊战中乙!陕西官宣3人:留洋小将在列 at sina.com 2017-07-14 Retrieved 2017-07-18
  7. „郜林补射绝杀高家军迎来首胜 中国队1-0胜伊朗“. teamchina.sports.sohu.com (2009-yil 1-iyun). 2018-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-sentyabr.
  8. „China PR 3-1 Palestine“. teamchina.freehostia.com (2009-yil 18-iyul). Qaraldi: 2012-yil 17-sentyabr.
  9. 9,0 9,1 „Yáng, Hào“. National-Football-Teams.com. Qaraldi: 2012-yil 17-sentyabr.
  10. „现代4比3胜申花第二次夺超霸杯 科内塞独中二元“. Sports.sina.com.cn (2004-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 22-avgust.
  11. „足协杯-人和总分3-2恒大队史首夺冠 恒大三冠梦碎“. Sports.sina.com.cn (2013-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 19-avgust.
  12. „足协杯-萨米尔加时绝杀 舜天客场1-0申花首夺冠“. Sports.sina.com.cn (2015-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 17-avgust.