Yamayka 2016 yilgi Yozgi Olimpiya o'yinlarida
2016-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida uchta sport turi boʻyicha 56 nafar Yamaykalik sportchilar ishtirok etdi. Bu Yamayka Olimpiya oʻyinlari tarixidagi eng katta delegatsiya boʻlgan. O‘yinning ochilish marosimida ayollar o‘rtasida 100 metrga yugurish bo‘yicha ikki karra Olimpiada chempioni boʻlgan Shelli-Ann Freyzer-Prays Yamayka terma jamoasining bayroqdori boʻlishga muyassar boʻldi, yopilish marosimida esa boshqa bir sportchi Javon Frensis bayroqni ko‘tarib chiqdi, terma jamoa tarkibida 4 × 400 metrga estafetada kumush medal sohibi boʻldi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, yamaykalik sportchilar 6 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan daqdirlangan va Yamayka terma jamoasiga norasmiy medallar jadvalida 16-o‘rinni egallash imkonini qoʻlga kiritgan. Yamaykaning tarixida Olimpiya oʻyinlaridagi chiqishlarida birinchi marta yamaykalik sportchilar 6 ta oltin medalni qoʻlga kiritishga musharraf boʻldi. Shunga oʻxshash yutuq dastlab 2008-yilda qoʻlga kiritilgan edi, lekin keyinchalik Nesta Karterning doping-testida taqiqlangan modda topilgani sababli Yamayka terma jamoasi 4×100 metrga estafetadagi oltin medaldan mahrum bolishtilar.
Usen Bolt ketma-ket uchta Olimpiya oʻyinlarida Pekin-2008-yil, London-2012-yil va Rio-de-Janeyro-2016 yillari 100 va 200 metrga yugurish boʻyicha gʻolib chiqqan yagona sportchidir. Jami 8 ta Olimpiada oltin medalini qoʻlga kiritgan Bolt bu koʻrsatkich boʻyicha amerikalik Rey Urey bilan tenglashib, bitta oliy mukofotni finiyalik Paavo Nurmiga boy berdi.