Yamatoe
Qiyofa
Yamatoe — yapon tasviriy sanʼatidagi maktablardan biri; YU—Pa.larda shakllangan. Tarixiy mavzudagi hamda aslzodalarning hayotidan olingan afsonaviy sahnalar, saroy romanlariga ishlangan kompozitsiyalar husnixatlar bilan qoʻshilib ketgan, koʻproq oʻramlarga tush va boʻyoqlarda bajarilgan, odatda turkumlar hosil qilgan. Eng gullagan davri 12— 14-asrlarga toʻgʻri keladi. Ya.e xususiyatlari (naqsh shaklidagi bulutlar, parallel perspektivalar usuli va boshqalar) keyinchalik Kano va Ukiyoe maktablarining tarkibiy qismlariga aylangan. Yirik vakillari — Fudzivara Nobudzane, Fudzivara Takanobu va boshqalar.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |