Yalqovlar
Yalqovlar — chala tishlilar turkumiga mansub sut emizuvchilar oilasi. Gavdasining uzunligi 50—65 sm, ogʻirligi 4–7 kg. Boshi 270° gacha burilishi mumkin. Oldingi oyoqlari orqa oyoqlaridan uzun. Barmoqlari 2 yoki 3 ta, oʻzaro yopishgan, tirnoqlari uzun va egilgan. Tanasining yunglari qorin tomondan orqasiga qayrilgan. Tana harorati tashqi muhit haroratiga qarab 24° dan 35° ga oʻzgarib turadi. 2 uruqqa mansub 5 turi Markaziy va Janubiy Amerikada tarqalgan. Ya. daraxtda yashaydigan kam harakat hayvonlar. Odatda, daraxt shoxlarida orqasi pastga qarab osilib turadi. Oʻsimlikxoʻr. Yilda 1 bola tugʻadi. Goʻshti, terisi va bezak sifatida ishlatiladigan tirnoqlari uchun ovlanadi. Soni kamayib ketmoqda. Boʻyinbogʻli yalqov Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |