Yakov Pesin
Qiyofa
Yakov Yefimovich Pesin (1914.31.3, Belorussiyaning Bixov shahri — 1998.30.6, Toshkent) — huquqshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1964). Yuridik fanlari doktori (1972), professor (1974). Moskva yuridik institutini tugatgan (1939). Toshkent yuridik institutida katta oʻqituvchi, kafedra mudiri, direktor oʻrinbosari, dekan (1949-yildan). Ilmiy ishlari oila huquqi, fuqarolik protsessi masalalariga bagʻishlangan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |